Foto: Marie Claire
Salomatlik nafaqat irsiyat va turmush tarzi, balki qanday ovqatlanish bilan ham belgilanadi. Hatto bugungi kunda ovqatlanish odatiga kiritilgan kichik o‘zgarishlar ham kelajakda ajoyib natijalarga olib kelishi mumkin, ayniqsa, salomatlik va energiya darajasi muhim bo‘lgan yoshda. Kishi hayot tarziga ushbu oddiy odatlarni qo‘shib, ko‘p yillar o‘tgandan keyin ham ulardan minnatdor bo‘lishi shubhasiz.
Omega-3 ga boy oziq-ovqatlarni iste’mol qiling
Ba’zi diyetologlar omega-3 ni «yoshlik yog‘i» deb atashadi: axir, bu yog‘ kislotasi xolesterin darajasini pasaytiradi, yallig‘lanish bilan kurashishga yordam beradi va saraton, yurak xuruji hamda insult xavfini kamaytiradi. Bundan tashqari, omega-3 keksa yoshdagilarga miya faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun juda foydali. Tadqiqotlar shuni tasdiqladiki, bu sehrli yog‘ kislotasidan to‘liq foyda olish uchun haftada ikki porsiya yog‘li baliq yetarli.
Ko‘proq kletchatka iste’mol qiling
Kletchatka va tabiiy tolasi bo‘lgan sabzavot va dukkakli ekinlar o‘z vaznini kuzatadiganlar uchun foydalidir. American Journal of Clinical Nutrition jurnalida chop etilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, kuniga 10 gramm kletchatka iste’mol qilish yurak-qon tomir kasalliklari xavfini 17 foizga kamaytiradi. Bundan tashqari, kletchatka qonda shakar darajasini sog‘lom saqlashga yordam beradi, saraton xavfini kamaytiradi va yurak sog‘lig‘ini qo‘llab-quvvatlaydi.
Meva va sabzavotlarni iste’mol qiling
Iste’mol qilayotgan ovqat haqiqatan ham sog‘lom bo‘lishini xohlaysizmi? Buning uchun yorqin rangdagi meva va sabzavotlarni tanlash lozim. Meva va sabzavotlarga jonli rang beradigan antioksidantlar va maxsus moddalar tanadagi hujayralarni shikastlanishdan himoya qiladi va qarish bilan kurashadi. Kuniga kamida uchta meva va sabzavot tanovul qilish tavsiya etiladi.
Zaytun moyidan voz kechmang
Zaytun moyi O‘rta Yer dengizi aholisi diyetasining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, ular 2020 yili eng sog‘lom va eng uzoq umr ko‘ruvchi insonlar deb topilgan. Zaytun moyi tarkibida ko‘krak va yo‘g‘on ichak saratonidan himoya qiluvchi polifenol antioksidantlari mavjud. Bundan tashqari, keksalikda zaytun moyini muntazam iste’mol qilish insult xavfini 41 foizga kamaytirishi mumkin. Faqat esda tutish kerak, zaytun moyi sovuq mahsulot bo‘lib, qizdirilganda barcha foydali xususiyatlarini yo‘qotadi.
Guruchni kamroq iste’mol qiling
Guruchni kamroq iste’mol qilgan ma’qul, ayniqsa, oqini. O‘zining foydali qoplamini saqlab qolgan jigarrang guruch kletchatka va magniyning ajoyib manbayi hisoblanadi. Bu ikkinchi toifa diabet, yurak kasalliklari va hatto saratonning ayrim turlari xavfini kamaytirishga yordam beradi. Oq guruch, aksincha hech qanday foyda keltirmaydigan kaloriya hisoblanadi.
Oqsildan voz kechmang
Oqsil – bu tananing har kuni shikastlangan hujayralarni tiklay oladigan muhim elementdir. Kundalik ratsionning kamida uchdan bir qismini o‘simlik yoki hayvon oqsili tashkil etishi kerak. Yosh qanchalik katta bo‘lsa, tana uchun oqsil shunchalik muhimdir, chunki yoshga qarab ko‘proq hujayralar oqsilga muhtoj bo‘ladi.
Suyuqlik iching
Bir shisha suv hamisha qo‘lda bo‘lishi va undan muntazam ravishda ichib turish lozim. Suyuqlikning yetarli miqdori ichaklarning ishlashiga yordam beradi, bo‘g‘inlarni moylaydi, bu ayniqsa kattalarda muhim ahamiyatga ega, metabolizmni saqlashga yordam beradi va hatto kayfiyatni yaxshilaydi. Ko‘proq suv iching, chunki suv haqiqatan ham hayotdir! “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)