Sochlar mustahkam bo‘lishi uchun qanday mahsulotlarni iste’mol qilish kerakligi haqida Cosmopolitan nashri ma’lumot berib o‘tadi.
Sochlar uchun foydali bo‘lgan komponentlar
Sochlar mustahkam bo‘lishi uchun ratsionda yog‘ kislotalari, oqsil va vitamin bisyor bo‘lishi kerak. Quyidagi ozuqa moddalari, ayniqsa, eng muhimi hisoblanadi:
biotin – sochlarni o‘stiradi;
D vitamini – soch folikulalari uchun foydali;
E vitamini – soch to‘kilishining oldini oladi;
temir moddasi – alopetsiyaning oldini oladi;
C vitamini – temir moddasining singishi uchun yordam beradi;
omega-3 yog‘ kislotasi – yallig‘lanishga qarshi yordam beradi.
Sochlar salomatligi uchun muhim bo‘lgan mahsulotlar
Ratsionga e’tiborli bo‘lib, quyidagi mahsulotlarni unga kiritishga harakat qiling.
Mandarin
Mandarin va boshqa sitrus mevalar C vitaminining koni ekani hisobiga temir moddasining yaxshiroq singishiga yordam beradi.
Losos
Dengiz balig‘ida organizm, xususan, sochlar salomatligi uchun muhim bo‘lgan omega-3 yog‘ kislotasi serob bo‘ladi. Ushbu kislota yallig‘lanishga qarshi kurashib, soch to‘kilishining oldini oladi, shuningdek, o‘sishini jadallashtiradi. Jilokor va yaltiroq bo‘lishiga hissa qo‘shadi.
Ismaloq
Ismaloq temir moddasi, magniy va soch to‘kilishining oldini oladigan mikroelementlarning koni hisoblanadi.
Tuxum
Tuxumda A va D vitaminidan tashqari, antioksidantlardan, karotinoidlar ham mo‘l bo‘ladi. Qolaversa, tuxum soch va tirnoqlar uchun muhim bo‘lgan biotinni ham o‘z ichiga oladi.
Yogurt
Shakar va qo‘shimchalarsiz oddiy yogurt soch va tirnoqlarning o‘sishi uchun muhim bo‘lgan oqsil, teri va sochlar holati uchun ahamiyatli bo‘lgan B guruhi vitaminlarini o‘z ichiga oladi.
Suli yormasi
Suli yormasi kletchatka, omega-3 yog‘ kislotasi, rux va boshqa birikmalarning ham koni.
Dukkakli mahsulotlar
Yasmiq, no‘xat va loviya tarkibida qon hujayralarining hosil bo‘lishida muhim bo‘lgan foliy kislotasi mavjud.
Jigar
Jigarda ham ismaloq singari temir moddasi, sochlarning go‘zalligi uchun ahamiyatli bo‘lgan B guruhi vitaminlari bisyor.
Yong‘oq
Grek yong‘og‘ida soch to‘kilishining oldini olib, o‘sishini jadallashtiradigan foydali yog‘lar ko‘p miqdorda bo‘ladi.
Sabzi
Ushbu mahsulot organizmda A vitaminiga aylanadigan beta-karotinni o‘z ichiga oladi. Uning tanqisligida sochlar ingichka va quruq bo‘lib qoladi. Uni doimiy ravishda iste’mol qilish salomatlikka foyda berishi aniq.
Kivi
Kivida ham temirning singishi uchun muhim bo‘lgan C vitamini mavjud.
Qizil bulg‘ori qalampiri
Qizil bulg‘ori qalampiri C vitaminining kunlik me’yorini o‘z ichiga oladi. Shuningdek, unda yallig‘lanishga qarshi samara beradigan antioksidantlar mujassam. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi