Foto: «Domashniy ochag»
Ushbu sehrli niqobning barcha mahsulotlari oshxonada topiladi va natijasi xuddi mutaxassislarniki kabi bo‘ladi.
Plyonkali maskalar terini parvarish qilish uchun ajoyib vosita hisoblanadi: o‘lik teri zarralarini, husnbuzar va qora nuqtalarni olib tashlaydi, terini yanada taranglashtiradi.
Jelatinli yuz niqobi qanday tayyorlanadi?
Kerakli mahsulotlar:
- 1 osh qoshiq jelatin;
- 1 osh qoshiq sut;
- 3-4 tabletka faollashtirilgan ko‘mir.
Dastlab ko‘mir yaxshilab maydalanadi, barcha mahsulotlar aralashtirilib, mikroto‘lqinli pechga 10-15 daqiqa davomida qo‘yiladi.
Faollashtirilgan ko‘mir teshiklarni chuqur tozalaydi va ularning hajmini kichraytiradi, qora nuqtalarni eritadi va yallig‘lanish bilan kurashadi. Sut terini yumshatadi va oqartiradi, dog‘lar rangini xiralashtiradi. Jelatin tabiiy kollagen bo‘lib, terini tarang va elastik qiladi, shikastlangan joylarda tiklanish jarayonlarini tezlashtiradi.
Jelatin va ko‘mirli yuz niqobini qanday qo‘llash kerak?
1. Niqob ozgina sovitiladi va pastdan yuqoriga qarab yuzga qo‘llanadi. Bunda kosmetik cho‘tkadan foydalanish yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri barmoqlar bilan surish mumkin.
2. Lab va ko‘z atrofidagi teridan ehtiyot bo‘lish va qosh chizig‘i shakli bo‘ylab ishlashga harakat qilish kerak. Aks holda quritilgan niqobni olib tashlashda terining nozik qismlariga zarar yetishi shubhasiz.
3. Niqob qatlamining qalinligini nazorat qilish lozim, niqob qanchalik qalinroq qo‘llansa, uni olib tashlash oson bo‘ladi, shuning uchun terining ba’zi joylarida niqobni ikki yoki uch marta qo‘llash tavsiya etiladi.
4. Jelatinli yuz niqobi quriguncha kutiladi, yuz mushaklari iloji boricha bo‘shashishi uchun yotgan holatda qolish yaxshiroq: 10-15 daqiqa yotib, niqob to‘liq quritiladi. Keyin yumshoq, silliq, ammo bir harakat bilan quritilgan niqobni pastdan boshlab, ya’ni jag‘dan olib tashlanadi.
5. Agar kerak bo‘lsa, niqobning qoldiqlarini iliq suvda namlangan paxta yostig‘i bilan olib tashlash mumkin. So‘ngra yuzga namlantiruvchi krem surtish tavsiya etiladi.
6. Ushbu niqobni haftada bir marta qo‘llash mumkin. U yuzdagi qora nuqtalarni mukammal darajada yo‘q qiladi.
Niqobga talablarga ko‘ra boshqa mahsulotlar ham qo‘shish mumkin:
Ushbu niqob retsepti xohlagan mahsulot bilan biroz o‘zgartiriladi:
- namlik ko‘proq bo‘lishi uchun: yarim choy qoshiq glitserin yoki sariyog‘ qo‘shish mumkin;
- ozuqaviyligi uchun: yarim choy qoshiq asal, ikki tomchi choy daraxti moyi yoki bir choy qoshiq avokado qo‘shiladi. Jelatinli bu yuz niqobi ajinlarni yo‘qotishga yordam beradi;
- terini yaxshiroq tozalash uchun: bir choy qoshiq quruq ko‘k loy qo‘shib, tayyorlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...