Foto: Cosmopolitan
Mutaxassislar kunning birinchi yarmini qanday tashkil qilish vaznni saqlab qolishda hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlamoqda. Quyida keltirilgan tonggi odatlar tezroq vazn yo‘qotishga yordam beradi.
Tezroq vazn yo‘qotish uchun qanday maslahatlarga amal qilish kerak? Kimdir kamroq ovqatlanishga harakat qiladi, boshqalar kunduzi ovqatlanishni qat’iy ravishda cheklashni afzal ko‘radi, ayrimlar ratsionidan ma’lum mahsulotlarni chiqarib tashlaydi. Ammo chiroyli qomatning siri kunning birinchi qismi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Nonushtani o‘tkazib yubormang
Nonushta ko‘pincha kunning eng muhim taomi deb ataladi. Buning sababi shundaki, nonushta qilishni o‘tkazib yuborish va ishga shoshilish kunning oxirida shirinlik iste’mol qilish ehtimolini oshiradi. To‘yimli tonggi nonushta nafaqat tanadagi glyukoza zaxiralarini to‘ldirish orqali energiya darajasini oshiradi, balki tungi parhezni to‘xtatib, qomatni saqlab qolishga yordam beradi. Better Health ma’lumotlariga ko‘ra, ertalab nonushta qilish uchun vaqt ajratish vaznni yaxshiroq nazorat qilish, ikkinchi toifa diabet va yurak kasalliklari xavfini kamaytirishga olib keladi.
Nonushta uchun foydali mahsulotlarni tanlang
Better Health o‘z vaznini barqarorlashtirmoqchi bo‘lganlarga nonushta uchun donli taomlarni iste’mol qilishni tavsiya qiladi. Shuningdek, meva, yong‘oqlar va tabiiy yog‘li yogurt tanaga zarur bo‘lgan barcha moddalarning ajoyib manbai hisoblanadi. Parhezshunoslar kam yog‘li sut mahsulotlaridan voz kechishni maslahat beradi. Qolaversa, nonushta uchun eng foydali tarkibiy qism tuxumdir. U salat, pishirilgan loviya, sabzavotlar, avokado va ismaloq bilan iste’mol qilinishi kerak. Healthline’ning ta’kidlashicha, oqsilga boy mahsulotlardan tayyorlangan nonushta organizmdagi «ochlik gormoni» – grelin darajasini pasaytiradi.
Tongni suv ichishdan boshlang
Bu ko‘pincha vazn yo‘qotishda «minimal usul» deb ataladi. Bu bir stakan suvni qabul qilish energiya sarfini yoki organizm tomonidan yoqilgan kaloriyalar sonini kamida 60 daqiqaga oshirishi bilan izohlanadi. Healthline’ning so‘zlariga ko‘ra, tongni bir yoki ikki stakan suv bilan boshlash – vazn yo‘qotishni tezlashtirishning eng oson usuli hisoblanadi.
Erta uyg‘oning va yegulik tayyorlang
Odatdagidan atigi bir soat oldin uyg‘onish nafaqat foydali nonushta, balki ishga olib borish uchun tushlik ham tayyorlashga imkon beradi. Tushlik taomini sotib olish yoki yetkazib berishga buyurtma berish oson bo‘lsa-da, uyda tushlikni tayyorlash iste’mol qiladigan kaloriyalarni kuzatib borishini va ortiqcha miqdorini kamaytirishni osonlashtiradi. Umuman olganda ertaroq uyg‘onish kunni to‘g‘ri taqsimlashga yordam beradi, bu esa o‘z navbatida sog‘lom odatlar va to‘g‘ri qarorlarni qabul qilishga undaydi.
Ishga boradigan yo‘lda sayr qiling
Sog‘lom bo‘lish nuqtai nazaridan, hatto jamoat transportida sayohat qilish ham mashina haydashdan ko‘ra foydaliroqdir. Piyoda yoki velosipedda yurish haqida nima deyishimiz mumkin. Buyuk Britaniya Milliy Tibbiyot kutubxonasi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotda 822 ishtirokchini to‘rt yil davomida kuzatildi va ish joyiga mashinada kelganlarda boshqalarga qaraganda umumiy vazn ortishi aniqlandi. Shunday qilib, maslahat oddiy: hatto sovuq mavsumda ham piyoda yurishni kunning bir qismiga aylantirish kerak. Olimlarning ta’kidlashicha, faollik va erta uyg‘onish yomon ob-havoda kuch yo‘qotilishini yengishga yordam beradi.
Quyoshli kunda piyoda yuring
Healthline ushbu maslahatni quyidagicha izohlaydi: «Quyosh nuri D vitaminiga bo‘lgan ehtiyojni qondirishning eng yaxshi usuli hisoblanadi. Ba’zi tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, D vitaminiga bo‘lgan ehtiyojni qondirish vazn yo‘qotishga yordam beradi va semirishning oldini oladi».
Mashqlar bajaring
Agar ishga piyoda borib bo‘lmasa, ertalab mashq qilish uchun vaqt ajratish kerak. Bu kunni boshlash, energiya orttirish va kaloriyalar sarflashning ajoyib usuli. Vazn yo‘qotish uchun sportning samaradorligi to‘g‘risida turli xil qarashlar mavjud, ammo ertalabki mashg‘ulotlarning foydasiga ishonadigan shaxsiy murabbiy Bredli Simmonds Express.co.uk saytiga shunday deydi: «Men eng yaxshi deb hisoblangan vaqt – har doim mashq qilishni tavsiya qilaman. Ammo agar ertalab mashq qila olsangiz, bu kunni boshlashning eng yaxshi usuli. Ertalabki mashqlarning afzalliklaridan biri shundaki, u qondagi qand miqdorini kun davomida barqaror ushlab turadi, ortiqcha ochlikni kamaytiradi». “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar