Qizil pomidorda oziq moddalari ko‘p va undan tayyorlangan tomat sharbati va souslar ham salomatlik uchun foydali.
Pomidor-nafaqat tetiklantiruvchi va mazali tabiiy gazak, balki tanaga mador beruvchi mahsulot hamdir. Portugaliya sog‘liqni saqlash tadqiqotlari va innovatsiyalar instituti pomidor antioksidantlarga boy degan xulosaga keldi, deb xabar beradi RIA Novosti.
Likopen - asosan, qizil pomidor tarkibidagi modda - kuchli antioksidantdir. Likopen saraton kasalligini oldini olish uchun zarur va eng muhimi, bu modda issiqlik bilan qayta ishlov berilgan pomidorlarda - masalan, souslarda, pomidor sharbatida yoki quritilgan pomidorlarda ko‘p bo‘ladi.
Bundan tashqari, pomidor tarkibida V, Ye va S vitaminlari, kalsiy, temir, magniy, kletchatka va pektin kabi moddalar bor.
Pomidorda S vitamini ham mavjud. Likopin bilan birgalikda ushbu vitamin yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi.
“Likopin tufayli immunitetning himoya qiluvchi hujayralari faollashadi”, deydi shifokor-parhezshunos, diyetolog va nutritsiologlar Milliy Assosiatsiyasi a’zosi Natalya Kruglova Sputnik radiosiga bergan intervyusida. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi