12:08 / 08.02.2022
1 390

Bel nima uchun og‘riydi va bunday paytda nima qilish kerak?

Bel nima uchun og‘riydi va bunday paytda nima qilish kerak?
Foto: Getty Images
O‘tirib ishlash, juda yumshoq yoki qattiq matrasda uxlash, noqulay poyabzal kiyish va hatto chekish — bu odatlarning barchasi belimizga zarar yetkazishi mumkin.

Bel bir necha kun ketma-ket og‘riyotgan bo‘lsa, og‘riq doimiy ravishda kuchayib borayotgan bo‘lsa, ehtimol bu ichki organlarning jiddiy kasalliklarining namoyonidir. Sizga nima uchun bel og‘rig‘i bo‘lishi mumkinligini va birinchi navbatda nimani tekshirish kerakligi haqida ma’lumot beramiz.

O‘pka
Agar og‘riq o‘z-o‘zidan qolmasa, odatdagi muolajalarning hech biri — massaj, qizdiradigan gel va hatto matrasni almashtirish yordam bermasa, albatta shifokor bilan maslahatlashib, flyuorografiya qildirish kerak. Ba’zi hollarda yuqori bel sohasidagi o‘tkir og‘riq rivojlanayotgan pnevmoniyani, hatto o‘pkada shish paydo bo‘lganini ko‘rsatishi mumkin. Agar chuqur nafas olayotganda bel og‘rig‘i kuchaysa, bu juda jiddiy kasallik belgisi — o‘pka emboliyasi bo‘lishi mumkin. Bu alomatlar avtomobil yoki samolyotda uzoq safardan keyin paydo bo‘lsa, ayniqsa xavflidir. Agar bir vaqtning o‘zida qon tupurish va zaiflik kuzatilsa, shoshilinch ravishda shifokor bilan maslahatlashish darkor.

Buyraklar va siydik pufagi
Ba’zida bel og‘rig‘i buyraklar bilan bog‘liq muammolarning ogohlantiruvchi belgisi bo‘lishi mumkin, ayniqsa, og‘riq yon tomonga tarqaladigan bo‘lsa.

Ayniqsa, og‘riq peshob chiqarish paytida noqulaylik, siydikda qon yoki siydik rangining o‘zgarishi bilan xarakterlanadi. Og‘riq o‘ng kurak osti sohasida sezilsa, siydik pufagi bilan bog‘liq muammodan ogohlantiradi.

Foto: Getty Images
Umurtqa
Yuqori isitma bilan birga kuchli bel og‘rig‘i, shuningdek, qo‘llarda uvishish va sanchiq kuzatilsa, rivojlanayotgan umurtqa infeksiyasining belgisi bo‘lishi mumkin. Bu, ayniqsa, diabet, immunosupressiya yoki semizlikka chalingan bemorlarda uchraydi.

Yurak
Ayollarda yurak xuruji ko‘pincha ko‘krak qafasidagi og‘riqlardan tashqari, ko‘ngil aynishi, nafas qisilishi, haddan tashqari charchoq, jag‘ va yuqori beldagi og‘riqlar bilan birga keladi.

Qovurg‘alar
Agar harakat qilganda og‘riq kuchaysa (ayniqsa, bir kun oldin yiqilib yoki boshqa jarohat olgan bo‘lsangiz), shifokorga borish va rentgenogramma qildirish kerak: bunday og‘riq qovurg‘a yoki umurtqa pog‘onasi singanidan darak berishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Bel nima uchun og‘riydi va bunday paytda nima qilish kerak?