Foto: Seldon News
Ertami yoki kech har inson ajinlarga duch keladi, ammo buni iloji boricha kechiktirish odamning o‘z qo‘lida. Terini quyoshdan himoya qilish, uni namlash va to‘g‘ri parvarish qilish — asosiy ko‘rsatma. Shuningdek, ajinlarning erta tushishiga sabab bo‘ladigan odatlardan xalos bo‘lish ham muhimdir.
Ko‘zlarni ishqalash
Ko‘z atrofidagi teri eng nozik bo‘lgani uchun ham birinchi ajin aynan ushbu sohaga tushadi. Agar doimo u ishqalansa, bu istalmagan cho‘zilish, shuningdek, kollagen va elastinning parchalanishiga olib kelishi mumkin. Natijada tezda ajinlar paydo bo‘ladi.
Ko‘zoynak taqmaslik
Agar ko‘rish qobiliyati biroz past bo‘lsa ham, ko‘zoynak taqishni unutmaslik kerak. Chunki yaxshiroq ko‘rish uchun ko‘zni qisish tufayli qoshlar orasidagi va ko‘z atrofidagi mushaklar zo‘riqadi. Shu sabablip tabiiy kollagen yo‘qoladi va ajinlar paydo bo‘ladi. Agar ko‘rish qobiliyati yaxshi bo‘lsa, quyoshdan saqlaydigan ko‘zoynak taqish lozim, aks holda ko‘zni qisib yurishga to‘g‘ri keladi – natija esa xuddi avvalgidek bo‘ladi.
Kontakt linzalar taqish
Albatta, ular o‘z-o‘zidan teriga hech qanday tarzda putur yetkazmaydi, lekin ulardan foydalanish usuli ajinlar paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Gap shundaki, ko‘pincha linzalarni taqishda qoshlar ko‘tariladi va natijada ajinlar paydo bo‘ladi.
Shirinliklarni juda ko‘p iste’mol qilish
Tanadagi ortiqcha shakar kollagen va elastinga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan ma’lum glikatsiya shakllanishiga olib keladi. Natijada, qancha ko‘p shirinlik iste’mol qilinsa, teri shunchalik xiralashadi va elastikligi kamayadi. Shirinlikdan teri go‘zalligi uchun ham voz kechish kerak.
Kam uyqu
Inson qancha kam uxlasa, tashqi ko‘rinishi shuncha yomonlashadi – bu aksioma. Gap shundaki, chuqur uyqu paytida teri hujayralari tiklanadi va yangilanadi. Agar uyqu yetarlicha bo‘lmasa, teri tiklanishga vaqt topa olmaydi va qariydi.
Qorin bilan uxlash
Go‘zallik va salomatlik uchun eng foydali holat – orqa tomon bilan uxlash. Boshqa barcha holatlarda organizm qandaydir tarzda yostiqqa yopishib oladi, bu esa terida ajinlar va ko‘z atrofida shish paydo bo‘lishiga olib keladi.
Telefondan ko‘p foydalanish
Smartfon yoki planshet ekranlariga qanchalik uzoq qaralsa, bo‘yin egilgan holatda shunchalik uzoqroq ushlab turiladi. Shuning uchun unda halqasimon ajinlar paydo bo‘ladi. Afsuski, smartfonlar nafaqat ko‘rish qobiliyatiga, balki teriga ham zararli ekan.
Qo‘lga bosh bilan suyanish
Odatda mashina yoki avtobusda charchagan odam boshi bilan qo‘llariga suyanib oladi. Bu holat ham kollagenni yo‘q qilish ehtimolini oshiradi va atigi har bir qo‘shimcha o‘n daqiqa yangi ajinlar paydo bo‘lishiga olib keladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Isroil Bayrutga zarba berdi. Kamida 20 kishi halok bo‘lgan
Odamlar o‘limiga ko‘proq sabab bo‘layotgan eng xavfli avtomobillar sanaldi
Avstriyada santexnik 30 kilogramm og‘irlikdagi tilla tangalar topib oldi
Ukraina Kursk viloyatidan qo‘shinlarini olib chiqish niyatida emas
Raqiblar o‘zbek bokschisidan cho‘chiyapti: “Bokschilarimiz kushandasi”