13:10 / 16.02.2022
1 350

Sovuq holda iste’mol qilish tavsiya etilmaydigan yeguliklar

Sovuq holda iste’mol qilish tavsiya etilmaydigan yeguliklar
Sovigan taom o‘z ta’mini, xushbo‘yligini yo‘qotadi va ovqat hazm qilish tizimiga zarar yetkazishi mumkin. Oziq-ovqatni belgilangan haroratda yeyish ham uning tarkibi va kaloriyasi kabi muhimdir.

Yog‘da qovurilgan ovqatlar

Foto: Getty Images
O‘simlik yog‘ida qovurilgan baliq, sabzavotlar xona haroratida bo‘lishi kerak. Sovigan yog‘ organizmda parchalanmaydi, natijada qorin bo‘shlig‘ida og‘irlik va noqulaylik hissi yuzaga keladi.

Oq go‘sht

Foto: Getty Images
Sovuq holdagi tovuq va baliq go‘shti hazm bo‘lmaydi, lekin darhol ichakka kiradi. Oqsil hazm bo‘lmagani uchun qorin bo‘shlig‘i shishadi, og‘irlik paydo bo‘ladi. Bunday ovqatni doimiy iste’mol qilish disbakteriozning og‘ir shaklini keltirib chiqaradi.

Yog‘li qizil go‘sht

Foto: Getty Images
Qo‘y go‘shtini hazm qilish uchun, hatto issiq holda bo‘lsa ham, 3-4 soat kerak. Sovigan go‘sht esa umuman hazm bo‘lmaydi. Sovib qolgan steyk darhol kletchatkalarni qayta ishlashni sekinlashtiradigan va ovqat hazm qilish sistemasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan bakteriyalar bilan birga ingichka ichakka kiradi. Natijada hazm bo‘lmagan ovqat organizmning o‘zida ayniy boshlaydi.

Sho‘rva

Foto: Getty Images
Sho‘rvalar go‘shtli bulon asosida tayyorlanadi. Yog‘siz sho‘rva bo‘lsa ham, baribir unda qovurilgan sabzavotlar bo‘ladi. Sovuq borsh yoki tovuq sho‘rvali lapsha hazm bo‘lishi qiyin ovqatlar sirasiga kiradi. Sovuq ovqat iste’mol qilganda yog‘ to‘qimalari birikib, xolesterin to‘planadi.

Issiq va sovuq ovqatlar aralashmasi

Foto: Getty Images
Albatta, hamma ovqatlarniyam isitish shartmas, masalan, sabzavotlar, sharbatlar yoki mevalar. Ammo sovuq va issiq yegulik kombinatsiyasi to‘qlik hissini susaytiradi, kerak bo‘lgandan ko‘proq ovqatlanganingizni bilmay qolasiz. Haroratning keskin o‘zgarishi tish emaliga ham yomon ta’sir qiladi. Sovitkichdagi mahsulot optimal haroratda isiguncha kutgan ma’qul.

Shifokorlar ovqatni yeyishdan oldin isitishni, sovuq ichimliklar, sabzavot va mevalarni esa gazak sifatida nonushta, tushlik va kechki ovqat oralig‘ida iste’mol qilishni maslahat berishadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Sovuq holda iste’mol qilish tavsiya etilmaydigan yeguliklar