
Foto: Pinterest
Giyohlar yordamida oshqozon bilan bogʻliq noqulaylikdan osongina xalos boʻlish mumkin.
Moychechak
Moychechak engil antibakterial ta'sirga ega va ovqat hazm qilish fermentlarining sekretsiyasini ragʻbatlantiradi. Qorin dam boʻlishi va ogʻirlik paydo boʻlishining sabablaridan biri shundaki, etarli darajada yaxshi hazm boʻlmagan oziq-ovqat qoldiqlari ba'zan katta ichakka kiradi. U erda bakteriyalar ularni parchalaydi va gazlar hosil boʻladi. Oshqozon, ingichka ichak va oshqozon osti bezini ragʻbatlantirish orqali oziq-ovqat yanada samarali hazm qilinadi, bu ham noqulaylikni kamaytiradi.
Yalpiz
Qadimda yalpiz barglaridan tayyorlangan damlama deyarli barcha kasalliklar uchun davo hisoblangan. Zamonaviy tibbiyot koʻproq muvaffaqiyatli oʻrinbosarlarni taqdim etdi, ammo oshqozondagi ogʻirlikni yoʻqotish qobiliyatiga ega yalpizning tengi yoʻq. Gap shundaki, mentol tabiiy antispazmatik boʻlib, u bir zumda noqulaylikdan xalos qiladi va qorin dam boʻlishini yumshatadi. Qaynatmani iloji boricha koʻproq ichishga harakat qilish lozim. Uning ta'mi unchalik yaxshi boʻlmasligi mumkin, ammo u 100 foiz samarali.
Kalendula
Yalpiz kabi kalendula ham oshqozon ogʻirlikni samarali ravishda engillashtiradigan tabiiy antispazmatikdir. Bundan tashqari, yorqin gullar noyob tinchlantiruvchi va yalligʻlanishga qarshi xususiyatlarga ega. Kalendula oshqozon va ichakning shilliq pardalariga foydali ta'sir koʻrsatadi, qorin dam boʻlishi va ogʻirlikni engillashtiradi va muntazam iste'mol qilish tufayli ovqat hazm qilish tizimidagi turli kasalliklarining oldini oladi.
Fenxel (arpabodiyon)
Fenxel – oshqozon bezovtaligida yordam beradigan yana bir ajoyib oʻsimlik. Arpabodiyon urugʻining qaynatmasida mavjud boʻlgan faol moddalar oshqozon-ichak traktida yalligʻlanishning rivojlanishiga toʻsqinlik qiladi, ichak faoliyatini yaxshilaydi, ovqat hazm qilishni yaxshilaydi. Qaynatmani tayyorlash uchun 1 osh qoshiq urugʻni maydalab, ustidan 0,5 litr qaynoq suv quyiladi va bir soatga qoldiriladi, soʻngra kuniga 2 mahal ichiladi. Yodda tutish kerak, ichimlik oʻziga xos ta'm va hidga ega.
Shivit
Ushbu damlamani tayyorlash uchun yangi shivit emas, balki uning urugʻlari kerak boʻladi. Uni tayyorlashning eng oson yoʻli quyidagicha: 2 choy qoshiq urugʻni bir stakan ichimlik suviga qoʻshib, 20 daqiqa davomida qaynatish kerak. Bir hafta davomida kuniga 5-6 marta doka orqali oʻtkazilgan ichimlikni ichish tavsiya etiladi. Qaynatma oshqozonning kislotaliligini me'yorlashtiradi, jigʻildon qaynashi va boshqa noqulay his-tuygʻularning oldini oladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar