14:16 / 26.03.2022
1 363

Charm, zamsh, jut: poyabzallar qanday tozalanishi kerak?

Charm, zamsh, jut: poyabzallar qanday tozalanishi kerak?
Poyabzallarning qanday tozalanishi asosan ular ishlab chiqarilgan materialga bog‘liq. «Domashniy ochag» nashri beradigan quyidagi maslahatlar hamma uchun foydali bo‘ladi — axir har bir uyda bunday poyabzallar borligi aniq.

Tabiiy charm

Foto: «Domashniy ochag»
Charm oyoq kiyimni toza suv bilan yuvib, keyin sirka eritmasi bilan arting (1 stakan oq sirka + 1 stakan suv). Ushbu aralashma sirtdagi dog‘larni ketkazishga yordam beradi.

Poyabzal qurigandan so‘ng ularni yumshoq mato bilan arting. Agar charmda kichik dog‘ yoki chiziqlar bo‘lsa, ularni 2 osh qoshiq osh sodasiga qo‘shilgan 100 ml iliq suv bilan tozalashga harakat qiling.

Laklangan charm

Foto: «Domashniy ochag»
Oyoq kiyimni nam latta bilan arting. Kichik dog‘ va chizilgan joylarni ketkazish uchun paxtaga oz miqdorda vazelin surting. Ortiqchasini toza mato bilan artib oling.

Oyoq kiyimingizni oyna yuvadigan sprey bilan arsangiz, ular yap-yangidek yarqiraydi.

Zamsh

Foto: «Domashniy ochag»
Zamsh poyabzalni tozalash uchun maxsus qattiq cho‘tka sotib oling. Bir yo‘nalishda cho‘tkalab, kir va changdan tozalang. Chuqur dog‘larni oq o‘chirg‘ich yoki tirnoq pilkasi yordamida ketkazish mumkin.

Agar bu natija bermasa, toza oq matoni sirka yoki tibbiyot spirtiga botirib, dog‘ ustiga surting. Oyoq kiyimining butun yuzasini suyuqlik bilan ishlov bering — bunday protseduradan so‘ng zamsh yanada yarqiroq bo‘ladi.

Uggi

Foto: «Domashniy ochag»
Uggini kir va changdan pilka yordamida tozalang, qiyin ketadigan dog‘larni o‘chirg‘ichda ketkizing. Oxirida uggi etiklarini alkogolli sirka eritmasi (1: 1) yoki oddiy suvga namlangan mato bilan artib oling. Quritayotganda shaklini yo‘qotmasligi uchun oyoq kiyim ichiga g‘ijimlangan gazeta solib qo‘ying.

Oq kedalar

Foto: «Domashniy ochag»
Oq poyabzallarni tozalash ayniqsa qiyin. Boshlanishiga dog‘larni sirka yoki atseton bilan tozalashga harakat qiling. Agar ketmasa, suv bilan 1:5 nisbatda suyultirilgan xlorli oqartirgichdan foydalaning. Keyin poyabzalingizni toza suv bilan yuving.

Shippaklar

Foto: «Domashniy ochag»
Yomon hiddan xalos bo‘lish uchun rezina shippakni iliq suv bilan yuving, so‘ngra butun yuzasiga qalin soda qatlamini surting va uni 5-10 daqiqaga qoldiring. Keyin tish cho‘tkasi ishqalang. Ozgina kir yuvish vositasi va bir stakan sirka qo‘shib, kir yuvish mashinasida yuving.

Krossovkalar

Foto: «Domashniy ochag»
Krossovkalar yuzasini tish cho‘tkasi bilan tozalang. Keyin yaxshilab yuvib, 1 choy qoshiq suyuq kir yuvish kukuni va 1 stakan suv qo‘shilgan eritmaga solib qo‘ying.

Oyoq kiyimining mato, to‘r va rezina qismlarini ishqalang, lekin uni charm yoki g‘ovakli rezina qismiga tegmang. Keyin ko‘pikni nam mato bilan artib tashlang va poyabzalni ochiq havoda yaxshilab quriting.

Jut (kanop tolali o‘simlik)

Foto: «Domashniy ochag»
Oyoq kiyimining jut shnuri bilan qoplangan qismlarini gilam va pol tozalaydigan vositaga botirilgan tish cho‘tkasi bilan tozalang. Bezaklariga zarar bermaslik uchun u yopishtirilgan yo‘nalishda harakatlaning.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Charm, zamsh, jut: poyabzallar qanday tozalanishi kerak?