Hisob-kitoblarga ko‘ra insonlar eshitgan narsalarining 30% qismini oradan 20 daqiqa o‘tib, 50% qismini esa yarim soat o‘tgach unutib yuborar ekanlar.
Xotirani qanday qilib kuchaytirish mumkinligi bugungi kunda yoshlar orasida ham ommabop savollardan biriga aylangan. Quyidagi usullar esa bu borada sizga yordam bera oladi.
Xotirani yaxshilash uchun tabiiy mahsulotlar:
Baliq. Bu mahsulotni ko‘proq aqlli bo‘lishni istaganlar iste’mol qilishlari lozim. Baliq miya hujayralarining uzoq vaqt g‘ayrat bilan ishlashi uchun kerak bo‘lgan moddalarga boy.
Olma sharbati tarkibidagi modda miya katakchalarini oksidantli stresslardan himoyalaydi. Olma va olma sharbati keksalikda aql tiniqligini saqlab qolishga yordam beradi.
Yong‘oq — xotirani yaxshilovchi mahsulotlar orasida yana bir foydali mahsulot bo‘lib, u dofaminga boy hisoblanadi va fikrlash qobiliyatini yuksaltiradi. Shuningdek, uning tarkibidagi litsin miya faoliyatini yaxshilaydi va xotirani kuchaytiradi.
Xotira pasayishini oldini olish:
🔸 Bir kunda kamida 2 litr suv ichish;
🔸 Ovqatlanish ratsioniga e’tibor qaratish;
🔸 Har kuni xotirani mustahkamlash uchun mashqlarni bajarish;
🔸 Har kuni toza havoda sayr qilish;
🔸 Sutkasiga kamida 8 soat uxlash;
🔸 Vaqti-vaqti bilan dam olib turish;
🔸 Stresslardan maksimal darajada qochish. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Boy davlatlar iqlimni moliyalashtirishni oshirishga rozi bo‘ldi
Ukraina o‘zining ballistik raketasini yaratish ustida ish olib bormoqda
NATO bosh kotibi Donald Tramp bilan uchrashdi
O‘tmishingiz bilan yarashing...
Shavkat Mirziyoyev Yangihayotda barpo etilayotgan “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasida bo‘ldi