09:45 / 12.04.2022
1 742

Qahva yoki choy: nonushtaga qay biri ma’qul?

Qahva yoki choy: nonushtaga qay biri ma’qul?
To‘g‘ri nonushta – kun davomida yaxshi kayfiyat, quvvat va eng asosiysi mustahkam immunitet garovi.

Ideal nonushtada qanday ichimlikni ichish salomatlik uchun ko‘proq foydali bo‘ladi? Shifokor- parhezshunos, endokrinolog Mariya Navitskaya bu borada o‘z tavsiyalarini keltirib o‘tdi. Bu haqda Sputnik Belarus ma’lum qildi.

Shifokorning aytishicha, nonushta vaqtida bir finjon qahva ichish zararli emas. So‘nggi tadqiqotlarga ko‘ra, eruvchan emas, balki tabiiy yanchilgan qahvani me’yorda iste’mol qilish hech qanday qon bosimi oshishi yoki yurak-qon tomir kasalliklarining boshqa turlariga olib kelmaydi.

Albatta, ushbu tetiklantiruvchi ichimlikni iste’mol qilish uchun yaxshilab nonushta qilish zarur. Chunki, och qoringa ichilgan qahva oshqozon shilliq qavatini shikastlantirish mumkin. Ko‘k choy bilan ham shunday ehtiyot bo‘lish zarur.

Faqat shakar choy yoki qahva bilan nonushta qilish umuman mumkin emas. Chunki aldamchi to‘qlik va tetiklik hissi tez o‘tib ketadi va bundan so‘ng quvvat yo‘qoladi”, - deydi Mariya Navitskaya.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Qahva yoki choy: nonushtaga qay biri ma’qul?