Shunday narsalar borki, uyingizni toza saqlash uchun har kuni yuvishni talab qiladi. Xo‘sh, har kuni tozalash kerak bo‘lgan narsalarga nimalar kiradi?
Rakovina
Foto: Stock Adobe
Qo‘lni yoki idishlarni yuvgandan so‘ng rakovina tozadek ko‘rinishi mumkin, lekin aslida unda kir va bakteriyalar qoladi. Agar tozalikka jiddiy yondashsangiz, kirlarni ketkazish uchun lastik tipidagi gubkada tozalang. So‘ngra rakovinani iliq suvga to‘ldirib, bir osh qoshiq dezinfeksiyalovchi vosita qo‘shib tozalash kerak. Aralashmani besh daqiqaga qoldiring, so‘ngra rakovinani yuvib quriting.
Oshxona va hammom sochiqlari
Foto: Stock Adobe
Sochiqlar kir bo‘lib ko‘rinmasligi mumkin, ammo tadqiqotlarda ma’lum bo‘lishicha, ular oshxonadagi eng iflos buyum deb topildi. Kichkina hammom sochiqlari uchun ham xuddi shunday. Agar ularni kuniga bir martadan ko‘p ishlatsangiz, qo‘l sochiqlari tezroq ifloslanadi. Ularni har ikki kunda, katta oila bo‘lsangiz, har kuni almashtirish kerak.
Stol yuzasi
Foto: Stock Adobe
Stol ustiga nimalarni qo‘yishingiz haqida o‘ylab ko‘rganmisiz? Mashina va uy kalitlari, pochta, sumkalar, hamyonlar va boshqa ko‘p narsalar. Bularning barchasi qanchalik iflos ekanligini sezmaslikning iloji yo‘q, agar ovqat va undan qolgan qoldiqlar haqida o‘ylasangiz, u hatto dahshatli bo‘lishi mumkin. Shuning uchun har kuni stol ustini artib, dezinfeksiya qilish kerak.
Yuvilmagan idishlar
Foto: Stock Adobe
Idish-tovoqda qolgan sous va ushoqlar hasharotlarni o‘ziga jalb qilishi va yuvishni qiyinlashtirishi mumkin. Idishlarni qo‘lda yuvasizmi yoki idish yuvish mashinasiga solasizmi, qanday bo‘lsa ham, tezroq yuvilgani ma’qul.
Qahva qaynatgich
Foto: Stock Adobe
Agar har kuni qahva qaynatsangiz, unda qahva qaynatgich bakteriya va mog‘orlar uchun ko‘payish joyi deb hisoblash mumkin. Qahva qaynatgichning olinadigan qismlarini har foydalangandan keyin yuvgan ma’qul. Uni rakovinada sovunli iliq suv yoki idish yuvish mashinasida yuvish mumkin.
Dush devorlari
Foto: Stock Adobe
Har foydalangandan keyin dush devorlarini artib olish muhim. Agar u plitka bo‘lsa, unda tozalash yuzasida izlardan xalos bo‘lishga yordam beradi, agar plastik bo‘lsa, muntazam tozalashni talab qiladi. Har qanday holatda ham devorlardan ortiqcha namlikni artib, mog‘or paydo bo‘lishining oldini olish lozim. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Google'ning Gemini chatboti foydalanuvchiga o‘lim tiladi