Foto: Marie Claire
Atrofdagi hamma narsa tushkunlikka solayotgandek tuyilsa, kayfiyatni ko‘tarishga yordam beradigan mahsulotlarni iste’mol qilish tavsiya etiladi. Marie Claire nashri ularning bir nechtasini ma’lum qildi.
Ziravorlar
Muskat yong‘og‘i, yashil kardamon, badyan — asosiy isituvchi va yoqimli ziravorlar. Ziravorlarni alohida iste’mol qilib bo‘lmaydi. Undan tayyorlangan ichimliklar nafaqat isitadi, balki yoqimli his bag‘ishlaydi: og‘ir ish kunidan keyin dam olish va stressni bartaraf etishga yordam beradi. Gap shundaki, ziravorlarning hidlari asab tizimiga foydali ta’sir ko‘rsatadi ─ bu aromaterapiyaning bir turi.
Asal
Albatta, shirinliklar kayfiyatga hech qanday hissa qo‘shmaydi. Faqatgina shokolad — quvonch gormoni manbai. Boshqa barcha qandolat mahsulotlarida ko‘p miqdorda shakar mavjud bo‘lib, ular charchoq va yomon kayfiyatni keltirib chiqaradi. Shuning uchun asal shirinlik o‘rnini bosadi. Tabiiy tushkunlikka moyil odamda hissiy o‘zgarishni keltirib chiqaradi — bu mahsulotni tashkil etuvchi kimyoviy elementlar tufayli. Asaldan bir-ikki qoshiq iste’mol qilish kayfiyatning ko‘tarilishiga olib keladi.
Dengiz karami
Ma’lum bo‘lishicha, B vitamini ham yaxshi kayfiyat uchun javobgardir va bu yerda asosiy e’tiborni buyrak usti bezlari ishini tartibga soluvchi B vitaminlariga va shunga mos ravishda adrenalin gormoniga boy dengiz o‘tlariga qaratish kerak. Ularning yetishmasligi surunkali charchoqni keltirib chiqaradi. Bu kayfiyatning yomonlashishiga olib keladi. Mutaxassislar konservalangan mahsulotdan voz kechishni maslahat berishadi — chunki yopiq bankalarda sotiladigan karam vitaminlarga qaraganda ko‘proq sun’iy qo‘shimchalarga boy.
Banan
Banan shirinlik o‘rniga mos muqobildir. Dengiz o‘tlari kabi ular B vitamini va serotonin bilan boyitilgan bo‘lib, ikkalasi ham eyforiyaga o‘xshash tuyg‘uga olib kelishi mumkin. Surunkali charchoq uchun banan iste’mol qilish tavsiya etiladi — ular uzoq vaqt davomida tetiklik va energiya bilan ta’minlaydi. Lekin banan yuqori kaloriyali mevadir, shuning uchun yaxshi kayfiyat bilan birga vazn ham ortishi mumkin.
Tuxum
Tuxumning sehrli ta’siri shundaki, ular muhim yog‘ kislotalari va A, E, D vitaminlari, shuningdek, ko‘p miqdorda triptofan va B vitaminlarini o‘z ichiga oladi.Umuman olganda, sut va tuxum depressiyadan chiqishga yordam beradi.
Suli yormasi
Suli yormasi asab tizimining umumiy holatiga foydali ta’sir ko‘rsatadigan xususiyatga ega va kichik stresslar bilan depressiya uchun ajoyib vositadir. Bundan tashqari, tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, mahsulot organizmda qayta ishlanganida baxt gormoni — serotoninni hosil qiladigan aminokislota triptofanni o‘z ichiga oladi. Suli yormasi uglevodlarni ham o‘z ichiga oladi, ular asta-sekin so‘riladi, qonda shakar darajasini me’yorlashtiradi va uning tana uchun normal chegaralaridan tashqariga chiqishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Baliq
Baliqlarda mavjud bo‘lgan asosiy modda — omega-3. Ko‘ngilni ko‘tarish uchun baliq iste’mol qiladiganlar faqat tuzlanganini yeyishi yaxshiroqdir: ko‘p miqdorda tuz va ziravorlar bilan pishirilgan baliqli taomlar nafaqat hayot quvonchini qaytaradi, balki qon tomirlari faoliyatiga ham yordam beradi. Yog‘li baliq B vitaminiga boy ekanligini unutmaslik kerak — u kayfiyatni yaxshilaydi va immunitetni mustahkamlaydi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Ishchi-xodimlar manfaatlari himoya qilindi