06:00 / 11.06.2022
1 281

O‘zbekistonda xorijiy valyutaga talab keskin oshgani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda xorijiy valyutaga talab keskin oshgani ma’lum qilindi
O‘zbekiston aholisi yanvar-may oylarida banklardan 2,84 mlrd dollar miqdorida xorijiy valyuta xarid qildi. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.

Aytilishicha, tijorat banklari orqali jismoniy shaxslarga besh oy davomida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 70 %ga ko‘p xorijiy valyuta sotildi.

Ushbu davrda tijorat banklari aholidan 4,32 mlrd dollar miqdorida xorijiy valyuta sotib oldi.

Jismoniy shaxslarning xorijiy valyutaga talabi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 70 foizga oshdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 59 foizga ko‘proqni tashkil etdi.

Shuningdek, respublikaga kelib tushgan xalqaro transchegaraviy pul o‘tkazmalari miqdori 4,19 mlrd dollarga yetdi va o‘tgan yilga nisbatan 61 %ga oshdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonda xorijiy valyutaga talab keskin oshgani ma’lum qilindi