«Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident farmoni (PF–150-son, 09.06.2022 y.) qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, 2022 yil 1 iyuldan Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan kichik tadbirkorlar loyihalariga banklarning 5 mlrd so‘mdan, foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan kredit va lizinglari bo‘yicha uning asosiy stavkadan oshgan, biroq asosiy stavkaning 30 foizidan ko‘p bo‘lmagan qismini qoplash uchun 3 yil muddatgacha kompensatsiya taqdim etiladi.
Jamg‘arma tomonidan tijorat banklari kreditlariga kafillik:
- kichik tadbirkorlik sub’ektlari loyihalariga ajratiladigan kreditlarning 50 foizigacha (50 foizi ham kiradi), biroq umumiy qiymati 2,5 milliard so‘mdan oshmagan miqdorda;
- 2025 yil 1 yanvargacha olis va borish qiyin bo‘lgan, shuningdek, mehnat resurslari ortiqcha hududlardagi kooperatsiya asosida kichik biznesni va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashish uchun mahallalarga biriktirilgan yetakchi kichik tadbirkorlik sub’ektlariga, bundan tashqari, kasanachilikni rivojlantirish bo‘yicha loyihalarga ajratiladigan kreditlarning 75 foizigacha (75 foizi ham kiradi), biroq umumiy qiymati 2,5 milliard so‘mdan oshmagan miqdorda taqdim etiladi.
Jamg‘arma tomonidan kichik tadbirkorlik sub’ektlariga kompensatsiya va kafillik banklarning faqat milliy valyutadagi kredit va lizinglari uchun beriladi.
Moliyaviy yordamlar bitta tadbirkorning faqat bitta loyihasiga tatbiq etiladi hamda tadbirkor shartnoma amal qilgan kredit bo‘yicha qarzdorlik to‘liq qaytarilganda, moliyaviy yordam olish uchun Jamg‘armaga takroran murojaat qilishga haqli bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...