22:30 / 28.06.2022
2 300

Shavkat Mirziyoyev topshirig‘i bilan O‘zbekistonga 50 ta xorijiy brendlar olib kelinadi

Shavkat Mirziyoyev topshirig‘i bilan O‘zbekistonga 50 ta xorijiy brendlar olib kelinadi
Shavkat Mirziyoyev o‘zi raisligida o‘tayotgan yig‘ilishda o‘zbek elchilari mamlakatga xorijiy brendlarni jalb qilishi bo‘yicha topshiriq berdi.

«O‘zbek paxtasiga boykot bekor qilinganidan so‘ng, xorijiy brend va yirik kompaniyalar mahalliy korxonalar bilan hamkorlik qilishga, milliy mahsulotlarimizga katta qiziqish bildirmoqdalar.

Lekin, ochiq aytish kerak, to‘qimachilik sanoatini tashqi bozorlarga olib chiqish, brendlar va yirik korxonalarni jalb qilishda elchixonalar ishlamayapti.

Misol uchun, bizdagi Turkiya, Xitoy, Germaniya kabi boshqa davlatlar elchilari o‘z mamlakati tadbirkorlarining manfaatini himoya qilish uchun vazir, hokim, hatto korxonagacha borishdan charchamaydi. Lekin, bizning elchilarda bunday tashabbus hali yo‘q!
», – dedi prezident.

Shu munosabat bilan yil yakuniga qadar:
  • Ispaniya, Germaniya va Shvetsiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Polsha, Yaponiya, Turkiya, AQSHdagi elchilar bilan birga 50 ta xorijiy brendlarni yurtimizga olib kelish;
  • xalqaro ko‘rgazmalarda kamida 30 ta o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchi mahsulotini olib chiqib, 50 million dollardan buyurtma olishni ta’minlash topshirildi.

Shuningdek, brendlarni jalb qilishga:
  • bo‘yalgan trikotaj mato va gazlama eksport qiluvchilarga 10 foizgacha miqdorda subsidiya beriladi;
  • xorijiy brendlar va ularga tayyor mahsulot yetkazib berayotgan mahalliy korxonalarning buyurtmalariga asosan alohida aviareyslar yo‘lga qo‘yiladi.

Shu bilan birga, brendlar uchun zarur bo‘lgan furnituralarning 90 foizi import qilinmoqda.

Shuning uchun, mutasaddilarga:
  • bir oy muddatda furnitura va aksessuarlar ishlab chiqarish dasturini ishlab chiqish;
  • Andijon, Namangan va Toshkent viloyatlarida yil yakuniga qadar 4 tadan furnitura korxonalarini ishga tushirish topshirildi.

Prezident tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarning Aksessuar va furnitura ishlab chiqaruvchilar uyushmasini tashkil etish tashabbusini qo‘llab-quvvatladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Shavkat Mirziyoyev topshirig‘i bilan O‘zbekistonga 50 ta xorijiy brendlar olib kelinadi