Senatning navbatdagi yalpi majlisida «Soliq va bojxona qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida»gi Qonun muhokama qilindi.
Qayd etilishicha, mamlakatimizda barcha sohalar kabi soliq-bojxona qonunchiligining takomillashtirilishi natijasida jismoniy va yuridik shaxslarning faoliyatini kengaytirilishiga, ular uchun zarur sharoitlar hamda imkoniyatlar yaratilishiga erishildi.
Aholi va tadbirkorlarga qo‘shimcha imtiyozlar berish maqsadida mazkur Soliq hamda Bojxona kodekslariga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Xususan, mobil aloqa xizmatlari uchun aksiz solig‘i stavkasi tushirilmoqda, farzandlariga nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktablar ko‘rsatadigan ta’limga oid xizmatlar uchun ota-onalar (farzandlikka oluvchilar) tomonidan to‘lanadigan oyiga 3 mln so‘mgacha bo‘lgan to‘lovlar daromad solig‘idan ozod etilmoqda.
Bundan tashqari, talabalarning oliy ta’lim muassasalari hududida tashkil etgan pullik o‘quv kurslari, sport to‘garaklari va boshqa ta’lim xizmatlarni ko‘rsatishdan olingan daromadlari, nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktablarning, shu jumladan, davlat-xususiy sherikchiligidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktablarning qonunchilikda belgilangan ayrim turdagi xarajatlari jami daromadlar tarkibiga kiritilmasligi belgilanmoqda.
Shu bilan birga, belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha tibbiyot asbob-uskunalari va buyumlarining ehtiyot qismlari hamda tibbiyot maqsadlari uchun sarflash materiallari importi qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinmoqda.
Chakana savdo va umumiy ovqatlanish, mehmonxona, avtotransportda yo‘lovchi va yuk tashish, transport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish, kompyuter xizmatlari, maishiy texnikani ta’mirlash, agro va veterinariya hamda ko‘ngilochar markazlarda xizmat ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub’ektlari uchun ijtimoiy soliqning 1 foizlik stavkasi qo‘llanilmoqda.
Majlisda senatorlar tomonidan tadbirkorlik sub’ektlariga vaqtinchalik soliq imtiyozlarining berilishi orqali xizmatlar, turizm, kapital bozor va tibbiyot sohalarini rivojlantirishga, yangi ish o‘rinlari yaratilishi hamda aholi bandligini ta’minlashga erishilishi ta’kidlandi.
Shuningdek, Qonunning qabul qilinishi natijasida soliq-bojxona tizimining takomillashtirilishi, tadbirkorlik muhitining yaxshilanishi, natijada aholi daromadlarining oshishiga erishiladi.
Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi