21:13 / 17.07.2022
1 405

O‘zbekiston 5 yil ichida qurilgan GESlar bo‘yicha MDH orasida birinchi o‘rinni egalladi

O‘zbekiston 5 yil ichida qurilgan GESlar bo‘yicha MDH orasida birinchi o‘rinni egalladi
MDH mamlakatlari ichida o‘tgan 5 yil davomida gidroenergetika sohasida yangi GESlarni foylalanishga topshirish bo‘yicha O‘zbekiston yetakchi o‘rinni egallamoqda. Bu haqda “O‘zbekgidroenergo” AJ matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi besh yil ichida Rossiyada jami 6 ta, Tojikistonda 1 ta, Qozog‘istonda 3 ta, Ozarbayjonda 5 ta, Belarusda 2 ta yangi GESlar ishga tushirilgan. Ukraina, Moldova, Gruziya, Qirg‘izistonda yangi GESlar ishga tushirilmagan.

Mamlakatimizning esa, bu borada yuqori ko‘rsatkichni qayd etgani sir emas. O‘tgan 5 yillik qisqa davr mobaynida 11 ta yangi GES qurib foydalanishga topshirilgan bo‘lsa, 9 ta GES modernizatsiya qilinib, yangi quvvatlarda ishga tushirildi”, - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yilda qabul qilingan dasturga ko‘ra, O‘zbekistonda 2022-2026 yillar davomida bir necha o‘rta va kichik GESlar quriladi. Ular orasida 400 MVt quvvatli Pskom GESi eng yirigi bo‘ladi. Shuningdek, 7 ta 170 MVtli GESlar, 12 ta 150 MVt quvvatli GESlar qurilishi rejalashtirilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekiston 5 yil ichida qurilgan GESlar bo‘yicha MDH orasida birinchi o‘rinni egalladi