O‘zbekistonda iyun oyiga kelib yillik inflyatsiya 12,2 foizga yetdi. Markaziy bank bu vaziyatni tushuntirdi.
Iyun oyida yillik inflyatsiya sur’ati 12,2 foizni tashkil etdi. Ushbu o‘sish asosan global inflyatsion jarayonlar sharoitida import inflyatsiyasi, tovarlarni yetkazib berish va logistikasida yuzaga kelayotgan muammolar bilan izohlanadi.
Bundan tashqari g‘alla yetishtirish va sotish narxlarining erkinlashtirilishi kabi omillar ham yuqori inflyatsiyaga sabab bo‘lmoqda.
Yillik inflyatsiya tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari 16,5 foizga oshgan bo‘lsa, nooziq-ovqat tovarlari va xizmatlar mos ravishda 10,7 va 6,8 foizga qimmatlashdi.
Bu o‘z navbatida, umumiy inflyatsiyaning pasayib borishida oziq-ovqat narxlarining barqarorlashuviga asosiy e’tiborni qaratishni taqozo etadi.
Iyun oyida o‘tkazilgan so‘rovlar natijalariga ko‘ra, kelgusi 12 oy uchun narxlar o‘sishi bo‘yicha aholi vakillarining inflyatsion kutilmalari may oyidagi keskin o‘sishdan keyin (17,6 foiz) pasayuvchi holatni ko‘rsatdi.
O‘zbekiston aholisi inflyatsiyani kelgusi 12 oyda 16,4 foiz atrofida bo‘lishini kutayotgan bo‘lsa, tadbirkorlikda bu ko‘rsatkich 15,7 foizgacha pasaydi (may oyida 17,3 foiz). “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...