Foto: O‘zeltexsanoat
O‘zbekistondagi 60ta oliy ta’lim muassasasi o‘zini o‘zi energiya bilan ta’minlash uchun quyosh fotoelektr qurilmalarini sotib olmoqda. OTMlar 26-30 iyul kunlari “O‘zeltexsanoat” uyushmasida bo‘lib o‘tgan ochiq ko‘rgazmada turli kompaniyalar bilan 300 milliard so‘mlik shartnomalar imzoladi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.
Muqobil energiyadan foydalanishni boshlayotgan oliygohlar orasida O‘zMU, TDIU, TDPU, O‘zJOKU, TDYUU, TMI va viloyatlar universitetlari hamda OTMlarning viloyatlardagi filiallari ham bor.
11ta kompaniya OTMlarga 4 600 kVt quvvatga ega quyosh fotoelektrik qurilmalarini yetkazib beradi. Fotoelektrik qurilmalar o‘quv binolari va yotoqxonalarga o‘rnatilishi kutilmoqda.
Davlat oliygohlarining binolari 2025 yilgacha bosqichma-bosqich to‘liq quyosh fotoelektrik tizimi bilan ta’minlanishi ko‘zda tutilgan. Mablag‘lar davlat budjetidan sarflanadi.
“O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi Mirziyod Yunusovga ko‘ra, 2021 yil noyabr oyida uyushma binosiga o‘rnatilgan quyosh fotoelektr stansiyasi xarajatlarni sezilarli qisqartirgan va elektr energiyasidan samarali foydalanishga yordam bergan.
“Nominal 20 kVt quvvatga ega quyosh fotoelektrik tizimi uyushma binosidagi elektr taqsimlash tizimiga ulangan bo‘lib, nafaqat o‘z ehtiyoji uchun qo‘shimcha yashil energiya manbayi sifatida, balki hududda o‘rnatilgan elektrmobillar uchun quvvatlash uskunasiga ham ulangan.
Vazifamiz – tajribamiz orqali yashil texnologiyalarni joriy etish samaradorligi va ulardan manfaatli foydalanish maqsadida respublikamizda yaratilgan unikal imkoniyatlarni keng namoyish etishdan iboratdir”, – deydi u.
Eslatib o‘tamiz, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlashga oid qarorga asosan, davlat xaridlarida ishtirok etishi cheklangan tovarlarning 529 talik ro‘yxatida generatorlar, radiatorlar va isitish qozonlari ham bor. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi