15:23 / 09.08.2022
1 413

O‘zbekiston choyni eng ko‘p qaysi davlatdan xarid qilayotgani aytildi

O‘zbekiston choyni eng ko‘p qaysi davlatdan xarid qilayotgani aytildi
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2022 yilning yanvar–iyun oylarida 21 ta xorijiy davlatdan qiymati 21,8 million dollarga teng bo‘lgan 16,1 ming tonna choy import qildi.

Qayd etilishicha, choy importi 2021 yilning mos davri bilan solishtirilganda 788 tonnaga oshgan.

2022 yilning 6 oyida O‘zbekiston choy mahsulotini eng ko‘p import qilgan davlatlar:

Xitoy — 13,2 ming tonna;
Keniya — 940 tonna;
Eron — 432 tonna;
Hindiston — 337 tonna;
Indoneziya — 292 tonna;
Shri-Lanka — 215 tonna;
Rossiya — 149 tonna;
Vetnam — 126 tonna;
Qozog‘iston — 124 tonna;
BAA — 111 tonna.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekiston choyni eng ko‘p qaysi davlatdan xarid qilayotgani aytildi
ePN