date

O‘zbekistonga eng ko‘p telefon yetkazib beruvchi davlat aniqlandi

O‘zbekistonga eng ko‘p telefon yetkazib beruvchi davlat aniqlandi

2026 yilning yanvar–fevral oylarida O‘zbekistonga 13 ta xorijiy davlatdan jami 909 951 dona mobil qurilma olib kirilgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, import qilingan telefonlarning umumiy qiymati 175,4 million AQSh dollarini tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 357,4 ming donaga yoki 64,7 foizga ko‘pdir.

Telefon importida asosiy ulush Xitoyga to‘g‘ri kelgan bo‘lib, ushbu davlatdan 704 353 dona qurilma olib kirilgan. Shuningdek, Vetnamdan 183 996 dona, Hindistondan 12 572 dona telefon import qilingan.

Bundan tashqari, Koreya Respublikasidan 4 924 dona, Qirg‘izistondan 1 923 dona, Indoneziyadan 1 582 dona qurilma yetkazib berilgan. Qolgan 601 dona telefon esa boshqa davlatlar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonga eng ko‘p telefon yetkazib beruvchi davlat aniqlandi