O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar ro‘yxati to‘ldirildi. Molbozorlar va avtomobil bozorlaridagi dallollar, maklerlar, uyida sut mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar, stol-stul kabi maishiy buyumlarni to‘y-ma’raka uchun ijaraga beruvchilar kabi 10 ta soha vakillari 1 noyabrdan boshlab rasman ish stajiga ega bo‘lishi mumkin.
“Norasmiy bandlik ulushini qisqartirish hamda mehnat resurslari balansini zamonaviy yondashuvlar asosida shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
2022 yil 1 noyabrdan quyidagi 10 ta faoliyat turi o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari ro‘yxatiga kiritiladi:
- uy hayvonlari (qoramol, qo‘y, echki, ot va boshqalar) bozorlarida vositachilik xizmati;
- avtomobil bozorlarida vositachilik xizmati;
- rieltorlik xizmatini ko‘rsatish (ijaraga uy topib berish, uy sotib olish va sotishga ko‘maklashish);
- uyda sut va sut mahsulotlarini qayta ishlash va sotish xizmati;
- maishiy buyumlarni ijaraga berish xizmati (stol-stul, idish-tovoq, asbob-uskuna va boshqalar);
- gips va ganchdan buyumlar yasash (uy jihozlari, ertak qahramonlari haykallarini yasash);
- tosh va tosh mahsulotlaridan yodgorlik, suvenir va dekorativ buyumlar tayyorlash;
- yog‘och mahsulotlaridan savat, non mahsulotlari uchun maxsus idish va boshqa buyumlarni to‘qish;
- uy sharoitida pilla yetishtirish, shaxsiy tomorqa yer uchastkasida tut mevasi, niholi va ko‘chatini yetishtirish, uyda ipak mato, ipak gilam to‘qish va sotish;
- kulolchilik.
2023 yil 1 yanvardan YATTlar bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun ijtimoiy soliq summasining eng kam miqdori oyiga BHM 50 foizidan yiliga BHM bir baravarigacha kamaytiriladi (savdo majmualari va bozorlarda faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan jismoniy shaxslar bundan mustasno).
2023 yil 1 yanvardan o‘zining shaxsiy tomorqa yer uchastkasida quyidagi faoliyat turlari bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar tomonidan yiliga BHM kamida 1 baravari miqdorida ijtimoiy soliq to‘langan taqdirda, ular rasmiy band bo‘lgan aholi toifasiga kiritiladi va ushbu davr ularning mehnat stajiga qo‘shiladi:
- chorvachilik (qoramol, qo‘y, echki, ot va boshqalar);
- issiqxona;
- parrandachilik (bedana, kurka, g‘oz, o‘rdak);
- quyonchilik;
- asalarichilik;
- baliqchilik;
- bog‘dorchilik;
- limonchilik;
- gulchilik.
Eslatib o‘tamiz, Soliq kodeksining 369-moddasiga asosan, belgilangan tartibda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning mehnat faoliyati natijasida olingan daromadlari jami daromadlar tarkibiga kiritilmaydi va soliqqa tortilmaydi.
O‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning toifalari ro‘yxatida bungacha 68 ta yo‘nalish bor edi. 1 sentabrdan ular qatoriga kirakashlik ham qo‘shildi.
Fuqarolar Soliq ilovasi orqali o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin