1 056
Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev hamkorlikni kengaytirish masalasini muhokama qildi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15 sentabr kuni faxriy mehmon sifatida Shanhay hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun mamlakatda bo‘lib turgan Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Shavkat Mirziyoyev mehmonni Samarqandga tashrifi bilan qutlab, O‘zbekiston qadriyatlari va ma’naviy-madaniy merosi mushtarak bo‘lgan birodar ozarboyjon xalqi bilan do‘stlik va hamkorlik munosabatlarini yuksak qadrlashini ta’kidladi. Ozarboyjon yetakchisi davlat rahbariga taklif va qabul uchun minnatdorlik bildirib, strategik sheriklik munosabatlari yuksak darajaga chiqqanini qayd etdi.
Joriy yil strategik sheriklikni mustahkamlashda tarixiy davr bo‘lgani ta’kidlandi. Ozarboyjon prezidenti davlat tashrifi yakunlari barcha darajalardagi muloqotni mustahkamlashga xizmat qildi va amaliy hamkorlikka yangi sur’at bag‘ishladi. Parlamentlararo hamkorlik rivojlanayotgani, savdo hajmi oshayotgani, energetika, avtomobilsozlik, qishloq xo‘jaligi, paxtachilik va ipakchilikda qo‘shma loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani yuqori baholandi.
Prezidentlar madaniy-gumanitar aloqalarni yanada mustahkamlash muhimligini ko‘rsatib o‘tdi. Avgust oyi oxirida ikki mamlakat madaniyat va fan arboblari O‘zbekiston va Ozarboyjon yuksak davlat mukofotlariga sazovor bo‘ldi.
Uchrashuvda O‘zbekiston-Ozarboyjon strategik sheriklik va amaliy hamkorlik munosabatlarini yanada mustahkamlash asosiy vazifalari batafsil ko‘rib chiqildi va bu boradagi kelgusi vazifalar belgilab olindi. Bo‘lajak tadbirlar rejasi, Samarqanddagi Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti kun tartibi kelishib olindi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi