Shanhay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlat rahbarlari kengashi tor doiradagi uchrashuvidan so‘ng kengaytirilgan tartibdagi majlis boshlandi. Unda prezident Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlamoqda.
SHHTni 2040 yilgacha rivojlantirish strategiyasini tayyorlashga kirishish mumkinligi, ushbu hujjat ko‘p qirrali hamkorlik barcha yo‘nalishlarini qamrab olishi, SHHTni uzoq muddatli rivojlantirish ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berishi lozimligi ta’kidlandi.
Prezident iqtisodiyot, savdo va investitsiya sohasidagi hamkorlik amaliy ta’sirchanligini oshirish g‘oyat muhim ekanini qayd etdi.
O‘zbekiston SHHT mamlakatlari iqtisodiyotlari bir-birini o‘zaro to‘ldirib borishdagi afzalliklarini hisobga olgan holda, mavjud salohiyatni maksimal darajada oshirishdan manfaatdor. Shu munosabat bilan SHHT yangi iqtisodiy muloqotini boshlash asosida sanoat va texnologik hamkorlik umumiy makonini shakllantirish taklif etildi.
Mamlakatlar o‘rtasida keng ko‘lamli iqtisodiy hamkorlikni ta’minlash va amaliy hamjihatlik aniq natijalariga erishish maqsadida O‘zbekistonda SHHT mintaqalari biznes sherikligi haftaligini o‘tkazish taklifi ilgari surildi.
O‘zbekiston sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish va o‘zaro savdoni rag‘batlantirish maqsadida SHHT mamlakatlari maxsus iqtisodiy zonalari alyansini tuzish tarafdori. Har yili SHHT yirik savdo yarmarkasini o‘tkazish, uning asosida yagona elektron platforma yaratish taklif etildi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Metabolizm sekinlashganining belgilari