1 566
Saudiya kompaniyalari O‘zbeksitonda yer maydoni ijaraga olib, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishi mumkin
O‘zbekistonning Saudiya Arabistoni Jidda shahridagi Bosh konsulligi tomonidan 14 sentabr kuni O‘zbekiston eksportchilar uyushmasi bilan hamkorlikda Jidda shahridagi «Lotaz» mehmonxonasida O‘zbekiston—Saudiya ishbilarmonlarining yig‘ilishi va B2B formatidagi uchrashuvlari tashkil etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» axborot agentligi.
Qayd etilishicha, tadbirda O‘zbekiston eksportchilar uyushmasi rahbarining birinchi o‘rinbosari Yorqinjon Malikov boshchiligidagi 14 ta kompaniyaning 19 nafar vakilidan iborat mamlakat tadbirkorlari, Jidda Savdo-sanoat palatasi xodimlari, FlyNas aviakompaniyasi mas’ullari, Tayseer Company kompaniyasi direktori Xolid al-Uteybi, Establishment Bazar Asia For Trading kompaniyasi direktori Amin Xo‘ja, Mada Carpets, Albanna Almutamyz Co., Leisure Cargo va Logistic» kompaniyalari vakillari hamda boshqa saudiyalik biznesmenlar ishtirok etgan.
O‘zbekiston—Saudiya ishbilarmonlarining yig‘ilishi avvalida Bosh konsulxona tomonidan ishtirokchilarga O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar, tashqi savdoni rivojlantirish yo‘lidagi islohotlar, xorijiy importerlar uchun yaratilgan biznes qulayliklar haqidagi ma’lumotlar taqdim etildi.
So‘ngra O‘zbekiston eksportchilar uyushmasi rahbari birinchi o‘rinbosari Malikov respublikadagi eksportyorlik muhitining jozibadorligi va eksportchi kompaniyalar uchun yaratilgan imtiyozlar haqida so‘zlab berdi.
Xususan, mahalliy eksportchi korxonalar tomonidan xorijda savdo va ombor binolarini ijaraga olish hamda reklama kampaniyalarini tashkil qilish bilan bog‘liq barcha xarajatlarining 50 foizi O‘zbekiston Eksportni rag‘batlantirish agentligi mablag‘lari hisobidan qoplab berilishi, shuningdek, eksport va tranzit yuk tashuvlari sohasida tarif siyosati maqbullashtirilganini ma’lum qildi. Bularning hammasi, o‘z navbatida, eksport qilinayotgan mahsulotlarning narxi oshib ketmasligini ta’minlaydi.
O‘z navbatida, saudiyalik ishbilarmonlar ham o‘z kompaniyalari faoliyati bilan tanishtirib, O‘zbekiston mahsulotlarini Saudiya Arabistoniga eksport qilish imkoniyatlari haqida to‘xtalishdi.
Xususan, Saudiya Arabistonidagi Establishment Bazar Asia For Trading kompaniyasi direktori Amin Zakariyat xo‘ja O‘zbekistondan 4,5 tonna kulolchilik mahsulotlarini (sovg‘alar) Podshohlikka olib kelgani tajribasini ishtirokchilar bilan o‘rtoqlashdi.
Shundan so‘ng ikki davlat ishbilarmonlari o‘rtasida B2B formatidagi uchrashuvlar o‘tkazilib, o‘zaro hamkorlikning aniq yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Jidda Savdo-sanoat palatasi xalqaro hamkorlik bo‘limining boshlig‘i Muhammad as-Safh o‘zbekistonlik eksportchilarga barcha saudiyalik importchi kompaniyalarning aloqa ma’lumotlarini yuborishini aytdi. Shu tariqa O‘zbekiston ishbilarmonlari saudiyalik biznesmenlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni o‘rnatishlari mumkin bo‘ladi.
Bundan tashqari, B2B uchrashuvlari chog‘ida O‘zbekiston eksport mahsulotlarini Saudiya Arabistoniga olish kelish va tarqatish masalasi Podshohlikning Leisure Cargo va Logistic kompaniyasi vakillari bilan ham o‘rganib chiqildi.
Boshqa turli kompaniyalar bilan O‘zbekistondan quruq va ho‘l mevalar, sport buyumlari va turli o‘g‘itlar eksporti, mamlakatda yer maydonini ijaraga olgan holda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va eksport qilish imkoniyati hamda turli yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish masalalari ham atroflicha muhokama qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi