06:00 / 05.10.2022
993

O‘zbekiston va Vengriya yadroviy energetika sohasida hamkorlik qiladi

O‘zbekiston va Vengriya yadroviy energetika sohasida hamkorlik qiladi
Vladimir Norov va Peter Siyyarto / Foto: TIV axborot xizmati
O‘zbekiston va Vengriya yadroviy energetika sohasida kompleks hamkorlik dasturini yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda Vengriya tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto o‘zbekistonlik hamkasbi Vladimir Norov bilan o‘tkazgan muzokaralari yakunlari bo‘yicha ma’lum qildi.

"Vengriya va O‘zbekiston yadroviy energetika sohasida kompleks hamkorlik dasturini yo‘lga qo‘yishi muhim ahamiyat kasb etadi. U uchta qismdan iborat bo‘ladi. Birinchisi, O‘zbekistonda qurilayotgan AESda Vengriya sovitish tizimlaridan foydalaniladi. Bundan tashqari, ushbu kompleks hamkorlik uchun ta’lim asosi bo‘ladi. Vengriya har yili o‘zbekistonlik oliy o‘quv yurtlari talabalariga 170 ta stipendiya ajratadi. Ularning bir qismi, yadroviy energetika sohasidagi bo‘lajak injener va ekspertlar Vengriyada tayyorlanadi", - dedi Siyyarto.

Uning so‘zlariga ko‘ra, uchinchi qism qizdiruvchi unsurlar bilan bog‘liq tadqiqot va ishlanmalar dasturining yo‘lga qo‘yilishi hisoblanadi.

"Yadroviy rivojlanishning mazkur kompleks dasturi kelgusida Vengriya-O‘zbekiston strategik hamkorligining muhim asoslaridan biri bo‘ladi", - deb ta’kidladi Siyyarto.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva bilan birga 3 oktabr kuni rasmiy tashrif bilan Budapeshtga keldi.

4 oktabr kuni Budapesht shahridagi Shandor saroyida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Vengriya prezidenti Katalin Novak bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Prezidentlar O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasidagi ko‘p qirrali strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.

O‘zbekiston-Vengriya biznes forumida umumiy qiymati 1 milliard dollardan ziyod investitsiya, savdo va moliyaviy kelishuvlar imzolandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekiston va Vengriya yadroviy energetika sohasida hamkorlik qiladi
ePN