06:30 / 05.10.2022
1 041

Respublika valyuta birjasida ilk bor valyutaviy fyuchers operatsiyalari joriy etildi

Respublika valyuta birjasida ilk bor valyutaviy fyuchers operatsiyalari joriy etildi
Bundan tashqari, davlat qimmatli qog‘ozlari bozori ishtirokchilari uchun yanada qulaylik yaratish maqsadida “UZCE mobile GB” mobil ilovasi ishga tushirildi.

Respublika valyuta birjasida ilk bor valyutaviy fyuchers shartnomalari bilan oldi-sotdi operatsiyalarini amalga oshirish imkoniyati yaratilib, O‘zRVB davlat qimmatli qog‘ozlari bozori mobil ilovasi va likvidlik provayderlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Ichki valyuta bozoridagi ushbu yangilik Markaziy bank va O‘zRVB bilan hamkorlikda tashkil etilgan taqdimotda ta’kidlab o‘tildi.

Shu bilan birga, tadbirda valyutaviy fyuchers shartnomalari, uni joriy etishdagi ahamiyatli jihatlar, “UZCE mobile GB” mobil ilovasining bozor ishtirokchilari uchun qulayliklari xususida ham atroflicha so‘z yuritildi.

Qayd etilishicha, valyutaviy fyuchers shartnomalarining joriy etilishi valyuta bozorida yangi turdagi instrumentlarning paydo bo‘lishiga hamda bu orqali korxonalarning moliyaviy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan tashqi shoklar ta’sirini yumshatishga imkoniyat yaratadi.

Bundan tashqari, O‘zRVB davlat qimmatli qog‘ozlari bozori ishtirokchilari uchun yanada qulaylik yaratish maqsadida “UZCE mobile GB” mobil ilovasi ishga tushirildi.

Ushbu mobil ilovadagi mavjud imkoniyatlar davlat qimmatli qog‘ozlari bozoridagi auksionlar parametrlariga oid ma’lumotlarni ko‘rish, kiritilgan buyurtmalarni bekor qilish, davlat qimmatli qog‘ozlarini sotish yoki sotib olish bo‘yicha bitimlar tuzish, RЕPO bitimlarini amalga oshirish va ularning natijalarini ko‘rish, birja ma’lumotlari – kotirovkalar, birja yangiliklari va tahliliy materiallarni yoki ushbu bozorga oid boshqa birja ma’lumotlarini olish kabi afzalliklarni yaratishga xizmat qiladi.

Ma’lumot uchun: valyutaviy fyuchers kontrakti – ma’lum bir miqdordagi valyutani (bazaviy aktiv) bitim tuzilgan kundagi kelishilgan narx bo‘yicha kelgusida aniq bir kunda sotish yoki sotib olish shartnomasidir.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Respublika valyuta birjasida ilk bor valyutaviy fyuchers operatsiyalari joriy etildi
ePN