date

Bitcoin bozorida chakana investorlar faolligi 73 foizga pasaydi

Bitcoin bozorida chakana investorlar faolligi 73 foizga pasaydi

Binance birjasida Bitcoin (BTC) bo‘yicha chakana investorlar faolligi tarixiy eng past darajaga tushdi. 2026-yilda Binance platformasiga o‘rtacha oylik chakana BTC kirimlari 314 BTC ni tashkil etmoqda, bu 2024-yil mart oyidagi 1200 BTC ko‘rsatkichidan keskin farq qiladi. So‘nggi uch hafta ichida 30 kunlik sof talab o‘sishi 73 foizga qisqardi. Bu haqda Cointelegraph.com xabar beradi.

CryptoQuant tahlilchisi Darkfostning qayd etishicha, 1 BTC dan kam mablag‘ga ega hamyonlardan kelib tushayotgan depozitlar chakana investorlar kayfiyatini aks ettiradi va hozirda bu ko‘rsatkich rekord darajada past. 2022-yilgi "ayiqlar" bozorida bu raqam 1800 BTC atrofida bo‘lgan bo‘lsa, 2018 va 2021-yillardagi sikllarda mos ravishda 5400 va 2600 BTC gacha yetgan edi.

Mutaxassislarning fikricha, investorlarning bunday xulq-atvori ularning to‘g‘ridan-to‘g‘ri birjalarda BTC saqlash o‘rniga spot Bitcoin ETF vositalariga o‘tayotgani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Shuningdek, Binance birjasida yirik sotuv hajmlari kuzatildi: 15-may kuni 1,5 milliard dollarlik, keyinroq esa 1,1 milliard dollarlik sotuvlar amalga oshirildi.

Bozor tahlilchisi Crazzyblockkning ta’kidlashicha, hozirgi tiklanish jarayonida spot talabning muvozanati yetishmayapti. Oldingi o‘sish davrlarida spot va fyuchers talabi birgalikda oshgan bo‘lsa, hozirgi vaziyatda fyuchers talabi ijobiy bo‘lishiga qaramay, spot talab 65 kun davomida salbiy hududda qolmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Bitcoin bozorida chakana investorlar faolligi 73 foizga pasaydi