date
views 2 297

Shavkat Mirziyoyev «Markaziy Osiyo–Rossiya» sammitida qator tashabbuslarni ilgari surdi (foto)

Shavkat Mirziyoyev «Markaziy Osiyo–Rossiya» sammitida qator tashabbuslarni ilgari surdi (foto)
Shavkat Mirziyoyev 14 oktabr kuni Ostona shahrida «Markaziy Osiyo–Rossiya» sammitida ishtirok etdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov ham qatnashdi.

«Markaziy Osiyo–Rossiya» formatidagi hamkorlik, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Davlat rahbari mintaqaviy sheriklikni kuchaytirish maqsadida savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, energetika va madaniy-gumanitar sohalardagi, atrof-muhitni muhofaza qilish borasidagi aloqalarni yanada yuqori bosqichga olib chiqishga qaratilgan tashabbuslarni ilgari surdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Shavkat Mirziyoyev «Markaziy Osiyo–Rossiya» sammitida qator tashabbuslarni ilgari surdi (foto)