18:44 / 17.10.2022
1 434

Iqtisodchilar juda yuqori global inflyatsiya davrini prognoz qilyapti

Iqtisodchilar juda yuqori global inflyatsiya davrini prognoz qilyapti
Foto: Getty Images
2022 yil oxirida global inflyatsiya 9,5 foizga yetishi mumkin, deya ta’kidlandi 129 mamlakatdan bo‘lgan 1687 iqtisodchi o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovda. Ayniqsa, Sharqiy Afrikada inflyatsiya yuqori - deyarli 60 foizlik daraja kutilmoqda.

Butun dunyo iqtisodchilari kelgusi yillarda global inflyatsiyaning juda yuqori darajasini prognoz qilyapti. 2022 yil oxiriga borib butun dunyo bo‘ylab tovar va xizmatlar narxi 9,5 foizga oshishi mumkin. Ifo Myunxen Iqtisodiy tadqiqotlar instituti va Lyutserndagi Shveysariya Iqtisodiy siyosat instituti tomonidan har chorakda 100 dan ortiq mamlakat makroiqtisodchilari o‘rtasida o‘tkaziladigan Iqtisodiy ekspertlar so‘rovi shunday xulosaga keldi. «Ularning 2022 yil uchun inflyatsiya prognozlari ikkinchi chorakka nisbatan yana sezilarli darajada oshdi – 1,8 foiz punktga», dedi ifo eksperti Niklas Potrafke 17 oktabr, dushanba kuni tadqiqot natijalarini taqdim etar ekan.

Shunday qilib, iqtisodchilarning prognozlariga ko‘ra, inflyatsiya darajasi Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 10 yildagi o‘rtacha global inflyatsiya darajasidan 6,7 foiz punktga yuqoridir, deya ma’lum qildi ifo. Iqtisodchilarning ishonch bildirishicha, kelgusi yillarda inflyatsiya darajasi yuqoriligicha. 2023 yilda bu ko‘rsatkich, ularning fikricha, 7,5 foizni, 2026 yilda esa 5,0 foizni tashkil qilishi mumkin.

Bu ko‘rsatkichlar alohida mamlakatlar uchun kutilayotgan o‘rtacha inflyatsiya sur’atlarining medianasini, ya’ni ko‘rsatkichlar qatorining o‘rta qismidagi qiymatni ifodalaydi. Ushbu usul kutilayotgan inflyatsiya darajasidagi mintaqaviy tafovutlar yuqoriligi sababli qo‘llaniladi, ya’ni ba’zi mamlakatlar va mintaqalarda ular dunyoning qolgan qismiga nisbatan sezilarli darajada yuqori bo‘lishi kutilmoqda.

Xususan, Sharqiy Afrikada so‘rov ishtirokchilari joriy yilda inflyatsiya qariyb 60 foizni tashkil etishini kutmoqda. 2022 yilda Janubiy Amerika va G‘arbiy Osiyo (har biri 30 foiz) hamda Sharqiy Yevropada (19 foiz) inflyatsiyaning nihoyatda yuqori darajasi kutilmoqda. Ayni paytda, G‘arbiy Yevropada bu ko‘rsatkich 7,3 foizga, Shimoliy Amerikada 7,2 foizga, Janubi-Sharqiy Osiyoda 5,6 foizga yetishi mumkin.

So‘rovda 129 mamlakatdan 1687 nafar iqtisodchi ishtirok etdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Iqtisodchilar juda yuqori global inflyatsiya davrini prognoz qilyapti