Ro‘yxatdan o‘tkazilgan ko‘chma savdo ob’ektlarini yoki uning bir qismini boshqa shaxsga foydalanishga yoki ijaraga berishga o‘rnatilgan taqiq bekor qilinmoqda.
Hukumatning tegishli qarori bilan ko‘chma savdo faoliyati uchun talablar soddalashtirilmoqda, deya yozadi Norma.uz.
Qarorga muvofiq, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratilgan va vaqtincha foydalanilmayotgan yer uchastkalari ko‘chma savdo ob’ektini joylashtirish uchun tadbirkorlarga elektron onlayn-auksion orqali 3 yilgacha hamda mavsumiy kafelarni o‘rnatish uchun ijaraga berilishi mumkin.
Ko‘chma savdo ob’ektlari toifasiga100 kvadrat metr maydondan ko‘p bo‘lmagan lotoklar, palatkalar, savdo aravalari, peshtaxtalar, avtodo‘konlar, avtotirkamalar, avtosisternalar, fudtraklar, tonarlar, savdo avtomatlari, mobil konteynerlar, yengil konstruksiyalar, shu kabi va shunga o‘xshash boshqa ko‘chma savdo ob’ektlari kirishi belgilanmoqda.
Shuningdek, endi fudtrak egalari o‘tirish joylari bilan kichik oshxonalar tashkil etishlari mumkin. Ilgari o‘tirish joylarini tashkil etishga ruxsat yo‘q edi.
Ko‘chma savdo ob’ektlarida quyidagi faoliyatga ruxsat berilmoqda:
- yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yengil konstruksiyali ko‘chma muzlatgichlarda saqlash va sotish;
- yengil turdagi transport vositalarini (yengil avtomobil, velosiped, samokat, skuter va boshqalar) ijaraga berish va ta’mirlash xizmatlari;
- elektromobillarni quvvatlash;
- sartaroshlik xizmatlari;
- kosmetolog xizmatlari;
- poyabzal ta’mirlash xizmati;
- maishiy texnika vositalarini ta’mirlash xizmati;
- kalit yasash xizmati.
Quyidagi joylarda ko‘chma savdo ob’ektlarini joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi:
- ma’muriy binolarda;
- jamoat transporti bekatlarida;
- piyodalar o‘tish joylaridan oldin 15 metrdan kam masofada.
Qolaversa, ro‘yxatdan o‘tkazilgan ko‘chma savdo ob’ektlarini yoki uning bir qismini boshqa shaxsga foydalanishga yoki ijaraga berishga o‘rnatilgan taqiq bekor qilinmoqda (foydalanishga yoki ijaraga berish Davlat soliq qo‘mitasining maxsus avtomatlashtirilgan axborot tizimida amalga oshiriladi)
Umumiy ovqatlanish tashkilotiga tutash yoki 5 metrdan oshmaydigan masofada joylashgan, bo‘sh turgan ko‘chma savdo joyi elektron onlayn-auksionsiz umumiy ovqatlanish yoki savdo sohasida qo‘shimcha xizmat ko‘rsatish uchun ijaraga berilishi mumkin.
Xokim yordamchilari, jismoniy va yuridik shaxslar ko‘chma savdo joyini "K — SAVDO" tizimiga kiritish huquqiga ega. Bunda g‘olib deb topilgan jismoniy shaxs 5 ish kuni ichida tadbirkorlik sub’ekti sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tishi shart. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Metabolizm sekinlashganining belgilari