13:43 / 28.10.2022
1 092

Tadbirkorlar uchun moliyaviy jarima miqdori 30 foizga kamaytiriladi

Tadbirkorlar uchun moliyaviy jarima miqdori 30 foizga kamaytiriladi
Prezidentning “Tadbirkorlik sub’ektlari huquqiy himoyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Loyiha bilan quyidagilarni belgilash nazarda tutilmoqda:
  • tadbirkorlik sub’ektlariga nisbatan yangi turdagi javobgarlik va jazo choralarini belgilashga uch yillik moratoriy joriy etish;
  • tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish jarayonini murakkablashtirishni va tadbirkorlik sub’ektlariga yangi majburiyatlar yuklatishni nazarda tutadigan normativ-huquqiy hujjatlar ular rasman e’lon qilingan fursatdan boshlab, 6 oydan oldin bo‘lmagan muddatda kuchga kiritish;
  • tadbirkorlik sub’ektlariga majburiyatlar yuklaydigan yangi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan talablarni bajarmaganlik uchun ularga nisbatan 6 oy davomida javobgarlik choralari qo‘llash taqiqlanadi;
  • savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzganlik uchun belgilangan jinoiy javobgarlikni ma’muriy yurisdiksiyaga o‘tkazish orqali bekor qilish;
  • tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq qonunchilik talablariga rioya etmaganlik uchun belgilangan moliyaviy sanksiyalar miqdorlarini kamida 30 foizga kamaytirish;
  • tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq holatlarda aniqlangan huquqbuzarliklar bo‘yicha aybga iqror bo‘lganda va ushbu huquqbuzarliklar sodir etganlik uchun javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi qarori olingan kundan e’tiboran 15 kunlik muddatda moliyaviy sanksiyalar summasi ixtiyoriy ravishda to‘langanda jarimani belgilangan miqdorga nisbatan ikki baravarga kamaytirish;
  • tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda birinchi marta huquqbuzarliklar sodir etgan mikro va kichik tadbirkorlik sub’ektlariga moliyaviy sanksiya choralarini qo‘llamaslik (bundan tergovga qadar va jinoyat ishlari doirasida aniqlangan huquqbuzarliklar uchun qo‘llaniladigan jarimalar mustasno).

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Tadbirkorlar uchun moliyaviy jarima miqdori 30 foizga kamaytiriladi