12:30 / 04.11.2022
2 047

Shavkat Mirziyoyev: Joriy yilda mamlakatda 5 foizdan yuqori iqtisodiy o‘sish kutilmoqda

Shavkat Mirziyoyev: Joriy yilda mamlakatda 5 foizdan yuqori iqtisodiy o‘sish kutilmoqda
Joriy yilda O‘zbekistonda 5 foizdan yuqori iqtisodiy o‘sish kutilmoqda. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev II O‘zbekiston xalqaro iqtisodiy forumi ishtirokchilariga yo‘llagan murojaatida ma’lum qildi.

Samarqand shahrida II O‘zbekiston xalqaro iqtisodiy forumining ochilishi marosimi bo‘lib o‘tdi. Xalqaro tadbirda dunyoning yetakchi iqtisodchilari, nufuzli investorlari va xalqaro ekspertlari qatnashmoqda.

Mirziyoyev bu forum forum nufuzli xalqaro tashkilotlar, yetakchi xorijiy kompaniyalar va taniqli ekspertlar ishtirokida bu boradagi ilg‘or tajribalarni muhokama qilish hamda birgalikda umumiy harakatlar rejasini ishlab chiqish uchun qulay imkoniyat bo‘lib xizmat qilishiga ishonch bildirgan.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, ozirgi vaqtda jadal amalga oshirilayotgan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida “Inson qadri uchun” degan ezgu g‘oya asosida barcha sohalarda faol islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olingan.

Xususan, mamlakatda 2022-2026 yillarda inklyuziv va barqaror iqtisodiy o‘sishga erishish, inson kapitalini rivojlantirish va kambag‘allikni kamida 2 barobarga qisqartirishni maqsad qilingan.

Tashqi bozorlar va hamkor davlatlarda yuzaga kelgan tahlikali vaziyat sharoitida mamlakatimizda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash hamda inflyatsiya sur’atlarini jilovlash choralari ko‘rilmoqda. Natijada, joriy yilda mamlakatimizda 5 foizdan yuqori iqtisodiy o‘sish kutilmoqda”, - deya ta’kidlagan O‘zbekiston rahbari.

Prezident barcha hamkor davlatlar bilan savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlikni kengaytirish, raqobatbardosh mahsulotlar bilan tashqi bozorlarga chiqish, bu borada transport-logistika tizimlarini rivojlantirish orqali o‘zaro bog‘liqlikni ta’minlash islohotlarning asosiy yo‘nalishlaridan biri ekanini urg‘ulagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Shavkat Mirziyoyev: Joriy yilda mamlakatda 5 foizdan yuqori iqtisodiy o‘sish kutilmoqda