12:12 / 08.11.2022
1 236

O‘zbekiston meva-sabzavotlarining Xitoyga eksporti kengaytiriladi

O‘zbekiston meva-sabzavotlarining Xitoyga eksporti kengaytiriladi
O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasi tomonidan mamlakatda yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti ko‘lamini oshirish, mahalliy korxonalarga salohiyatli xorijiy hamkorlar topish va ishonchli eksport shartnomalarini tuzishda ko‘maklashish maqsadida “O‘zbekiston meva-sabzavot mahsulotlarini Xitoy bozoriga eksporti imkoniyatlari” mavzusida onlayn-taqdimot tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

Shinjon-Uyg‘ur avtonom hududining jo‘g‘rofiy joylashuvi va transport imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda mamlakat aksariyat quritilgan va toza meva-sabzavot mahsulotlari Xitoy bozoriga aynan mazkur mintaqa orqali import qilinadi.

“Xitoy-Yevrosiyo EKSPO” bosh kotibi o‘rinbosari Mehrigul Tursun o‘z chiqishida so‘nggi yillarda Xitoy va O‘zbekiston “Bir makon - bir yo‘l” tashabbusi doirasida o‘zaro hamkorlikni har tomonlama rivojlantirib, samarali natijalarga erishayotgani, yirik loyihalarni birgalikda amalga oshirayotgani, Samarqand sammiti doirasida “O‘zbekiston-Qirg‘iziston-Xitoy” temiryo‘li loyihasi bo‘yicha muhim qadamlar qo‘yilgani va bu kelgusida ikki tomonlama savdoni keskin oshirishda yangi imkoniyatlar ochishini ta’kidladi.

Tadbirda mamlakat turli viloyatlarida faoliyat yuritayotgan korxonalar vakillari O‘zbekistonda qishloq xo‘jalik sohasini rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar, meva-sabzavotlarni qayta ishlash va eksport salohiyatini taqdim etdi. Xitoylik importchilarga o‘z mahsulotlarini taklif etib, keyingi mavsum uchun buyurtmalar qabul qilishga tayyorligini bildirdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekiston meva-sabzavotlarining Xitoyga eksporti kengaytiriladi