
Rossiyadan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari yiliga ikki baravardan ko‘proqqa oshib, 2022 yilning birinchi 9 oyida 10,7 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu haqda Moliya vaziri o‘rinbosari Odilbek Isoqovga tayanib Reuters xabar bermoqda.
- Xuddi shu davrda Markaziy Osiyoning eng ko‘p aholisi bo‘lgan davlati (O‘zbekiston) Ukrainadagi urush ta’sirini qoplash uchun budjet taqchilligini 1,3 milliard dollarga yoki yalpi ichki mahsulotning 1 foiziga oshirdi, — deydi Odilbek Isoqov.
Bundan tashqari Moliya vaziri o‘rinbosari avvallari naqd dollar ko‘rinishida pul o‘tkazgan meva sotuvchilari kabi ko‘plab kichik o‘zbek eksportchilari o‘z daromadlarini O‘zbekistonga qaytarish uchun pul o‘tkazmalariga o‘tishganini ta’kidlagan.
O‘zbekistonda umumiy pul o‘tkazmalari 2022 yilning 9 oyida 2,2 barobarga oshib, 12,6 mlrd dollarni tashkil qilgan.
2022 yilning dastlabki 6 oyida O‘zbekistonga 6,54 mlrd dollarlik pul o‘tkazmalari kelib tushgan edi. O‘sha paytda ham o‘sish ko‘rsatkichi 2,2 barobar bo‘lgan.
Uchinchi chorakning o‘zida pul o‘tkazmalari deyarli avvalgi ikki chorakning ko‘rsatkichi bilan bir xil bo‘ldi — 6 mlrd dollar. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar