
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashining birinchi yalpi yig‘ilishida bir qator masalalar muhokama qilinmoqda.
Xususan, davlat rahbari tomonidan ma’lum qilinishicha, tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari Laziz Kudratov bundan buyon boshqa barcha masalalardan ozod qilinib, bor e’tiborini faqat investorlar bilan ishlashga qaratadi.
Shuningdek, bosh vazir o‘rinbosarlari J.Xodjayev, J.Qo‘chqorov, J.Mirzamaxmudov o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha kelib tushadigan murojaatlarni ijobiy hal etishni ta’minlaydi.
Yig‘ilish davomida ta’kidlanishicha, investorni aeroportda kutib olishdan tortib, biznes uchun zarur ruxsatnoma va litsenziyalar berishgacha bo‘lgan barcha xizmatlar «yagona oyna» tamoyili asosida ko‘rsatadi.
Investorning biror bir muammosi yechilmasdan qolsa, tegishli rahbar ishdan ketadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar