O‘zbekistonga xorijiy investitsiyalarni jalb etish maqsadida mamlakat Bosh konsulxonasi sa’y-harakatlari bilan Jidda shahridagi yirik tadbirkor - Muhammad Sindi va Navoiy viloyatidagi Tudakul Garden Park MCHJ rahbari Farhod Sirojov o‘rtasida muzokaralar tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Muhammad Sindi O‘zbekistonda turli sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholar ekan, qishloq xo‘jaligi, chorvachilik va qurilish sohalariga investitsiya kiritishga qiziqish bildirdi.
O‘tkazilgan muzokaralar natijasi o‘laroq, tomonlar o‘rtasida 300 ming dollarlik “Investitsiya loyihasini amalga oshirishda o‘zaro hisob-kitoblarni tartibga solish to‘g‘risida kelishuv bitimi” imzolandi.
Ushbu sarmoya shartnomasiga muvofiq, Saudiyaning 300 ming dollarlik investitsiyasi asosida Navoiy viloyati Konimex tumani Zafarobod qo‘rg‘onida jami 60 ta xonadondan iborat bitta besh qavatli turar-joy binosi qurilishi rejalashtirilgan. Hozirgi paytda qurilish loyihalarini ishlab chiqish ishlari boshlab yuborilgan.
Tadbirkorlar o‘rtasida qishloq xo‘jaligi va chorvachilik sohalarida ham investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi