Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin O‘zbekiston-Rossiya biznes-forumlarini har yili o‘tkazishni taklif qilib, bunday uchrashuvlar ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishga xizmat qilishini ta’kidladi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
“Ushbu forumni har yili o‘tkaziladigan tadbirga aylantirishni taklif qilaman, bu tashabbus hamkorligimizni kengaytirish, ishbilarmonlik va yangi integratsiya aloqalarini o‘rnatish uchun juda foydali bo‘lardi, tovar ayirboshlash va o‘zaro investitsiyalarni jalb etishga hissa qo‘shadi”, - deydi Rossiya hukumati raisi o‘zbekistonlik hamkasbi Abdulla Aripov bilan muzokaralar chog‘ida.
Mishustin, shuningdek, Moskva mintaqalararo hamkorlikka katta ahamiyat berishini qayd etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, “Rossiya Federatsiyasining 80 ta subyekti O‘zbekiston bilan faol hamkorlik qilmoqda va hududlar o‘rtasida umumiy qiymati 1 milliard dollardan ortiq bo‘lgan 54 ta qo‘shma loyiha mavjud”.
“Biz hukumat darajasida bunday tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlaymiz”, - deb ishontirdi RF Vazirlar Mahkamasi rahbari.
Uning qayd etishicha, Rossiya O‘zbekistonning Yevroosiyo integratsiyasidagi ishtiroki kengayayotganini olqishlaydi.
“O‘zbekiston YEOIIda kuzatuvchi maqomini olganidan so‘ng qisqa vaqt ichida keng ko‘lamli qo‘shma ishlar amalga oshirildi, bir qator sohalarda O‘zbekiston allaqachon ittifoqqa a’zo davlatlar uchun teng huquqli sherik sifatida ishlamoqda”, - dedi Mishustin.
U “Yevroosiyo integratsiyasida ishtirok etish O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlarni ta’minlashi va eng muhimi, mamlakat fuqarolari farovonligini oshirish, ishbilarmonlik va sarmoyaviy faollikni kengaytirishi”ga ishonch bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya Federatsiyasi hukumati rahbari Mixail Mishustin 1-2 dekabr kunlari O‘zbekistonda amaliy tashrif bilan bo‘lib turibdi. Bosh vazir Abdulla Aripov bilan birgalikda O‘zbekiston-Rossiya biznes forumi yalpi majlisida ishtirok etdi va nutq so‘zladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi