15:30 / 09.12.2022
1 084

O‘zbekiston o‘z mahsulotlarini Afrikada sotish imkoniyatini o‘rganyapti

O‘zbekiston o‘z mahsulotlarini Afrikada sotish imkoniyatini o‘rganyapti
Xorazm viloyati hokimligi va oziq- ovqat mahsulotlari ishlab chiqaradigan korxonalar vakillaridan iborat delegatsiya Misr poytaxtida bo‘lib o‘tgan Food Africa 2022 xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda «O‘zA».

Tadbir davomida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni Afrika bozorida sotish imkoniyatlari o‘rganildi. Ko‘rgazma texnologiyalar bo‘limida mamlakatda yetishtirilgan mevalarni saqlash uchun omborxonalarni maxsus materiallar bilan jihozlash bo‘yicha Belgiya va Germaniya kompaniyalari vakillari bilan muzokaralar uyushtirildi.

Unda yangi texnologiyalarni O‘zbekistonga olib kirish va qo‘llash istiqbollari muhokama qilindi. O‘tkazilgan uchrashuv natijasida Yevropa tomoni bilan tegishli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha muloqotni davom ettirishga kelishib olindi.

Xorazm viloyatida yetishtirilgan guruch va quruq meva mahsulotlariga misrliklar katta qiziqish namoyon etdi. Ushbu mahsulotlarni O‘zbekistondan Misrga eksport qilish istiqbollarini muhokama qilish maqsadida alohida uchrashuv tashkil etildi. Unda Misr vakillari mahsulotlar namunalarini olish va eksport shartnomalarini imzolashga tayyor ekanini bildirdi.

Ko‘rgazma tashkilotchilari O‘zbekiston yirik oziq-ovqat ishlab chiqarish kompaniyalarini 2023 yilda o‘tkaziladigan Food Africa 2023 xalqaro yarmarkasida qatnashishga chaqirdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekiston o‘z mahsulotlarini Afrikada sotish imkoniyatini o‘rganyapti