Foto: RIA Novosti
O‘zbekistonda Rossiyaning «Mir» kartalari to‘laqonli ishlashini tiklash masalasi hali ham o‘rganilmoqda, bu borada yangi me’yoriy hujjatlar chiqarilmagan.
Avvalroq, AQSH Moliya vazirligi Rossiyaning «Mir» tizimini Qozog‘istonda ishlashiga qarshi emasligi haqida xabar berilgan edi.
«Hozirda bu masala o‘rganilmoqda», — deb O‘zbekiston Markaziy banki vakili so‘zlarini keltirdi Praym.
Hozirgi vaqtda O‘zbekiston Markaziy banki «Mir» kartalarini ishlashi bo‘yicha AQSH Moliya vazirligidan hech qanday hujjat yoki ma’lumot olmagan.
Noyabr oyi boshida O‘zbekiston Markaziy banki boshqaruvi raisi Mamarizo Nurmurodov jurnalistlarga mamlakat tijorat banklari «Mir» kartalariga xizmat ko‘rsatishda xatarlarni ko‘rayotgani, hozircha ularni qabul qilishni qayta boshlash haqida gap yo‘qligini aytgandi.
23 sentyabrdan boshlab Uzcard yagona respublika protsessing markazi texnik sabablarga ko‘ra Rossiyaning «Mir» to‘lov tizimi kartalarini O‘zbekistonda, shu jumladan, kobeyjing kartalarini xorijda qabul qilishni to‘xtatdi. Biroq, Uzcard – Mir kobeyjing kartalari O‘zbekistonda odatdagidek ishlayapti.
AQSH Moliya vazirligi «Mir» to‘lov tizimi bilan ishlaganligi uchun sanksiyalar qo‘llashga tayyorligini e’lon qilganidan so‘ng, Turkiya, Vetnam, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Tojikiston kabi ko‘plab mamlakatlarda Rossiya kartalaridan foydalanish bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi