
Foto: Samsul Said / Bloomberg
O‘zbekiston 2022 yilning yanvar-noyabr oylarida Turkiyadan import qilingan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari hajmida tovuq go‘shti birinchi o‘rinni egalladi – 7,9 ming tonna.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, undan keyingi o‘rinlardan mos ravishda 3,6 ming tonna hamda 2,2 ming tonna hajmda sotib olingan mandarin va makkajo‘xori joy oldi.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan mahsulotlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ldi:
- kakao va shokolad – 1,7 ming tonna;
- qandolat mahsulotlari – 1,5 ming tonna;
- olma – 1,1 ming tonna;
- margarin mahsulotlari – 1,1 ming tonna;
- sut mahsulotlari – 950 tonna;
- banan – 197 tonna.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar