Hisob-kitoblarga ko‘ra, zarur choralar ko‘rilmasa, birinchi chorakda yalpi mahsulot o‘sishi 1,5 foizgacha pasayishi mumkin. Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga qilgan tashrifi davomida tadbirkorlar bilan uchrashdi va qattiq sovuq oqibatlarini bartaraf etishda yordam ko‘rsatilishini ma’lum qildi.
«Bu yil qish nihoyatda sovuq keldi. Ko‘plab tadbirkorlar bundan qiynalganini bilib turibmiz. Shu bois, iqtisodiyotda yo‘qotishlar o‘rnini qoplash va biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun bugun alohida qaror imzolandi. Unga ko‘ra, qattiq sovuqdan qiyinchilik ko‘rgan tadbirkorlarga kredit, soliq, bojxona va boshqa to‘lovlar bo‘yicha yengilliklar beriladi», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Ma’lum qilinishicha, qarorga ko‘ra tadbirkorlarga quyidagi imtiyozlar beriladi:
- 2 ming nafar kichik va o‘rta tadbirkorlarning yanvar-martda muddati keladigan 4,7 trillion so‘m kredit to‘lovlari 1 iyunga qadar uzaytiriladi. Xususan, Namanganda 73 nafar tadbirkorning 130 milliard so‘mlik kredit to‘lovlari uzaytiriladi.
- 29 ming nafar tadbirkorning 2 trillion so‘m soliqdan qarzini 1 iyulga qadar foizsiz, qo‘shimcha garovsiz va «penya»siz bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati yaratiladi. Namangan viloyatidagi 395 nafar tadbirkorning 17 milliard so‘m soliq to‘lovlari uzaytiriladi.
- quvvati pasaygan 545 ta sanoat korxonasiga ishlab chiqarishni tiklash va aylanma mablag‘ uchun 8 trillion so‘m kredit ajratiladi. Namanganda 44 nafar tadbirkorga 65 milliard so‘m kredit ajratiladi.
- nosoz uskunalarni ta’mirlashga kreditlar ajratiladi, ular bo‘yicha 2,5 milliard so‘mgacha kafillik beriladi va kredit stavkasining 4,5 foizi qoplab beriladi;
- 27 ming nafar tadbirkor uchun davlat mulki ijara to‘lovi 1 aprelga qadar o‘zgarmaydi va uni bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi (tadbirkorlarda 52 milliard so‘m qoladi). Namanganda 183 nafar shunday tadbirkor bor.
- davlat mulkini sotib olgan tadbirkorlar uchun to‘lovlar, foiz va «penya» 1 aprelga qadar to‘xtatib turiladi;
- ishlab chiqarish binolarining har bir yuqori qavati uchun tadbirkorlarga mol-mulk solig‘idan 10 foizdan chegirma beriladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Fransiyadagi muzeydan qiymati 7 mln yevrolik zargarlik buyumlari o‘g‘irlab ketildi