22:53 / 10.02.2023
236

Tadbirkorlarning o‘z ehtiyojlari uchun 5, 10, 15 megavattli quyosh stansiyalari qurishi qo‘llab-quvvatlanadi

Tadbirkorlarning o‘z ehtiyojlari uchun 5, 10, 15 megavattli quyosh stansiyalari qurishi qo‘llab-quvvatlanadi
Jizzax viloyatidagai yig‘ilishda energetika ta’minotini yaxshilash masalasiga ham e’tibor qaratildi.

Jizzax viloyatida kamida 2 ming megavatt qayta tiklanuvchi energiya manbalari uchun salohiyat borligi ta’kidlandi. Bundan foydalanib, 270 megavatt quyosh energiyasi quvvatlari ishga tushirilishi aytildi. Buning hisobiga 236 million kilovatt soat ishlab chiqarilib, tanqislik ortig‘i bilan qoplanadi, jami 71 million kub metr gaz tejaladi.

Jumladan, G‘allaorolda Birlashgan Arab Amirliklarining «Masdar» kompaniyasining 200 million dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyasi hisobidan, 220 megavattli yirik quyosh stansiyasi ishga tushiriladi. Kelgusi yilda bu stansiya to‘liq quvvatga chiqib, 500 million kilovatt soat elektr olinadi va viloyat ehtiyojining 20 foizini qoplaydi.

Shuningdek, ijtimoiy soha va davlat idoralari binolarida 5 megavattli, Sanoat zonasi va tadbirkorlar binolarida 15 megavattli quyosh panellari o‘rnatish mumkinligi ko‘rsatib o‘tildi. Aholi xonadonlariga 8 megavattli qayta tiklanuvchi energiya manbalarini o‘rnatish uchun jozibador sharoitlar yaratiladi.

Tadbirkorlarning o‘z ehtiyojlari uchun 5, 10, 15 megavattli quyosh stansiyalari qurish tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanadi.

Zafarobodda bu yil jami 2 Megavattli 2 ta kichik GES quriladi va bu yil 2,4 million kilovatt soat elektr ishlab chiqaradi. Osiyo taraqqiyot banki bilan birga, Forishda 150 Megavattli yirik quyosh stansiyasi loyihasi boshlanadi. Bu stansiya to‘liq quvvatga chiqqanda, 370 million kilovatt soat elektr ishlab chiqaradi. Jizzax shahrida ham issiqlik, ham elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi kogeneratsiya markazi quriladi.

Davlatimiz rahbari Jizzax elektr tarmoqlaridagi yo‘qotishlar ko‘p ekanini qayd etib, buni kamaytirish, viloyatda 4 mingdan ziyod korxonaning energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Tadbirkorlarning o‘z ehtiyojlari uchun 5, 10, 15 megavattli quyosh stansiyalari qurishi qo‘llab-quvvatlanadi