Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov boshchiligidagi O‘zbekiston Ishchi guruhi Abu-Dabi shahrida BAA Iqtisodiyot hamda Energetika va infratuzilma vazirliklari rahbariyati bilan uchrashuv va muzokaralar o‘tkazdi.
Iqtisodiyot vaziri Abdulla bin Tuk al-Marri bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish jarayoni muhokama qilindi.
BAA yangi xususiy kompaniyalarining O‘zbekiston bozoriga kirishga qiziqayotganligi qayd etildi. Shu nuqtayi nazardan, kimyo, kon-metallurgiya va to‘qimachilik sanoati eng istiqbolli yo‘nalishlar sifatida tilga olindi.
Sayyohlik, kimyo, qishloq xo‘jaligi, qurilish va boshqa sohalardagi kompaniyalarning davlat ulushini sotib olishni nazarda tutgan holda BAA kompaniyalarining O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan xususiylashtirish jarayonlarida ishtirok etishi imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Joriy yilning may oyida Samarqand shahrida Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-BAA Hukumatlararo komissiyasining 5-yig‘ilishini hamda qo‘shma biznes-forumni tashkil etish masalasi kelishib olindi.
Energetika va infratuzilma vaziri Suhayl Muhammad al-Mazrui bilan uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston energetika sohasi va infratuzilmasini rivojlantirish yo‘nalishlarida ikki tomonlama investitsiya hamkorligini kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
BAA tomoni O‘zbekiston bilan BAA o‘rtasidagi hamkorlik samarali va muvaffaqiyatli o‘zaro sheriklikning amaliy namunasi ekanligini alohida ta’kidladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Fransiyadagi muzeydan qiymati 7 mln yevrolik zargarlik buyumlari o‘g‘irlab ketildi