15:08 / 20.02.2023
82

Qohirada O‘zbekiston-Misr biznes-forumi bo‘lib o‘tdi

Qohirada O‘zbekiston-Misr biznes-forumi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston-Misr biznes-forumi
Qohira shahrida Shavkat Mirziyoyevning Misrga rasmiy tashrifi arafasida O‘zbekiston-Misr biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Unda tegishli vazirlik, idora va tarmoq birlashmalari rahbarlari hamda ikki mamlakat ishbilarmon doiralarining 200 ga yaqin vakillari ishtirok etdi.

Forum doirasida vazirlik, idora va tarmoq birlashmalari rahbarlarining ikki mamlakat iqtisodiyotlarining ustuvor yo‘nalishlaridagi istiqbolli loyihalar taqdimotlari o‘tkazildi.

Aniq yo‘nalish va loyihalar bo‘yicha hamkorlikning amaliy jihatlarini muhokama qilish maqsadida G2B va B2B shakllaridagi uchrashuvlar ham o‘tkazildi.

Biznes-forum yakunlari bo‘yicha kimyo, energetika, tog‘-kon sanoati, to‘qimachilik, charm-poyabzal va oziq-ovqat mahsulotlari mahsulotlari ishlab chiqarish, sanoat zonalarini rivojlantirish, infratuzilmani rivojlantirish, qurilish va farmatsevtika kabi sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Qohirada O‘zbekiston-Misr biznes-forumi bo‘lib o‘tdi
ePN