date

Toshkentdagi Kadisheva bozori yopildi (Foto)

Toshkentdagi Kadisheva bozori yopildi (Foto)

Bugun erta tongdan Kadisheva nomi bilan mashhur bo‘lgan “Aviasozlar dehqon bozori” darvozasi oldi hech nimaga tushunmagan xaridorlar bilan to‘lib-toshdi. Ular yopiq darvozadan bozor ichkarisidagi tartibsizlikni kuzatishdi, deb xabar berdi “Darakchi” nashri.

Bozor yakshanba kuni odatdagi tartibda ishladi. Bugun soat 8.00 dan boshlab barcha chodir va soyabonlar buzib tashlandi, do‘konlar yopildi. Bozor yonidagi ustunga “Sanitariya kuni” degan yozuv ilib qo‘yilgan. Bozor ma’muriyati bu haqda hech qanday ma’lumot bermagan. Guvohlarning aytishicha, kecha bu erda sanitariya va soliq xodimlari tomonidan bir qancha tekshiruvlar o‘tkazilgan, shundan keyin bozor yopilgan. Bir qancha go‘sht, sabzavot, meva-cheva, buyum savdo rastalari kechasi buzib tashlangan.

“Novosti Uzbekistana” sayti tahririyati Yashnabod tuman hokimiyati ma’muriyati bilan bog‘langanda, ular bozorni buzib tashlash, qayta rekonstruksiya qilish haqida gap bo‘lmaganligini, “Sanitariya kuni” munosabati bilan yopilganligini, bugun tushdan keyin bozor darvozalari ochilib, odatdagi tartibda ish boshlashini bildirgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Toshkentdagi Kadisheva bozori yopildi (Foto)