Joriy yil mart oyidagi 36 turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini O‘zbekistonga import qilishga 2024 yilgacha (yana 2 tasi – 2023 yil 1 sentyabrgacha) bojxona bojining nol stavkasini joriy etish to‘g‘risidagi Prezident Farmoni qabul qilingach, mazkur tovarlarning 24 turi bo‘yicha narxlarning pasayishi kuzatilgan.
Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ma’lum qilmoqda. Ta’kilanishicha, bu tahlil imtiyoz joriy etilgandan keyingi dastlabki 10 kunni (ya’ni joriy yil 4 aprel holatiga) o‘z ichiga oladi.
Narxlarning pasayishi, ayniqsa xurmo (16 foiz), olma, behi va nok (42 foiz), konservalangan baliqlar (50 foiz), mineral suvlar (40 foiz) hamda oq shokolad yoki tarkibida kakao bo‘lmagan konfetlar (24 foiz)da sezilarli kuzatilgan.
Mutaxassislarning taxminlariga ko‘ra, narxlarning pasayishi chakana savdoda ham kuzatiladi.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?