Markaziy bank tomonidan “Naqd pullarning elektron maydoni” dasturiy majmuasi amaliyotga joriy etildi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar bermoqda.
Regulyator tomonidan “O‘zbekiston Respublikasida banklar tomonidan naqd pul muomalasiga doir ishlarni tashkil etish to‘g‘risidagi yo‘riqnoma”ga hamda “Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir yo‘riqnoma”ga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Ushbu o‘zgartirishlar asosan “Naqd pullarning elektron maydoni” dasturiy majmuasini amaliyotga joriy etish bilan bog‘liq.
Ma’lum qilinishicha, platformani dastlab Toshkent shahridagi bank filiallarida sinov tariqasida amaliyotga joriy etish ko‘zda tutilgan bo‘lib, keyinchalik mamlakatning barcha hududlarida yo‘lga qo‘yiladi.
Markaziy bank ushbu platforma orqali banklarga naqd pullarni boshqarishda yanada erkinlik berilishini ta’kidlagan.
Bunda banklar ehtiyojidan ortiqcha naqd pullarni ushbu platforma orqali taklif qilishi, naqd pulga talabi bo‘lgan banklar esa kelishuv asosida naqd pullarni jalb qilishi mumkin.
Ta’kidlanishicha, platforma orqali naqd pullarga bo‘lgan talabi qondirilmagan bank bo‘linmalari Markaziy bank tomonidan naqd pullar bilan ta’minlanadi.
2023 yilning birinchi choragida muomalaga chiqarilgan naqd pullar hajmi 2,2 trln so‘mga kamayib, 40 trln so‘mni tashkil qilgan.
Muomaladagi naqd pullar tarkibida asosan yirik nominaldagi banknotlar salmog‘ining oshishi hisobiga banknotlar umumiy soni kamaygan.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Italiyaning Sardiniya orolida uylar 1 yevrodan sotilmoqda, lekin...